So’nggi yangiliklar

09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  0 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  4 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  0 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  5 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  9 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  29 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  31 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  4 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  1 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  4

“Lokomotiv” Dubayda. Oltinchi kun. O'yinoldi mashg'ulot Yangiliklar

“Lokomotiv” Dubayda. Oltinchi kun. O'yinoldi mashg'ulot

Teglar :  Lokomotiv
Aytib o'tilganidek, ertaga “Lokomotiv” futbolchilari yangi yildagi birinchi o'yinni Saudiya Arabistoni etakchisi “Al-Ahli” klubiga qarshi o'tkazishadi.

Bunga qadar jamoa azolari asosan tiklanish hamda jismoniy tayyorgarlik mashg'ulotlariga zo'r berib kelishayotgandi.

Bugun klub lageriga chernagoriyalik hujumchi Ivan Vukovich kelib qo'shilgani haqida malum qilgandik. Ertangi bellashuvda katta ehtimol bilan unga imkoniyat taqdim etiladi. Vukovich haqidagi dastlabki xulosaga kelishda bu g'oyatda as qotadigan bellashuvdir.

Sir emas, o'yinoldi mashg'ulotlari odatdagilaridan anchagina farq qiladi. SHundan kelib chiqqani holda bosh murabbiy Mirko Yelichich futbolchilarning o'yin amaliyotlarini sekin-asta tiklashga ko'proq etibor qaratdi. O'tgan mavsum so'nggiga kelib klub natijalari uchun javobgarlikka maul etib tayinlangan mutaxassis oldiga yangi mavsumda yuqori talablar qo'yilishi shubhasiz.

“Men O'zbekiston futboliga allaqachon ko'nikib ketganman. Jamoani bir necha yildan buyon bilganim uchun ham futbolchilar bilan ishlashda qiyinchiliklarga duch kelayotganim yo'q. O'zimni o'ng'ay sezaman”, – deydi Yelichich. Murabbiy 2015 yilgi mavsum yakuniga 5 ta tur qolganida jamoani qabul qilib olgach, “temiryo'lchilar” barcha uchrashuvlarda muvaffaqiyat qozonganishgandi.

“O'tgan mavsum jamoa katta xatolarga yo'l qo'ygani yo'q. Ayrim uchrashuvlardagi kichik xatolar yakunda bizni chempionlikdan mahrum qildi. O'z-o'zidan malum bo'ladiki, kichik xatolar yig'ilib-yig'ilib, katta sovrindan mahrum qiladi. Biz shu tomonga jiddiy etibor berishimiz kerak”.

“Ayni paytda qo'l ostimda mavjud bo'lgan tarkibdan ko'nglim deyarli to'q. Bizda yosh va iqtidorli futbolchilarni ham, kattagina tajribaga ega bo'lganlarini ham topishingiz mumkin. Agar bitta yaxshi hujumchi bilan shartnoma imzolay olsak, nur ustiga alo nur bo'lardi. Buning ustida ish olib borilyapti. Legioner futbolchilar talabimizga javob berishmasa, mahalliy yigitlar kuchi bilan kifoyalanishga majbur bo'lamiz”.

Ertangi o'yin haqida fikrlarini Mirko Yelichich quyidagicha izohladi: “Biz asosan yangicha kombinaciyalarni sinovdan o'tkazib ko'ramiz. Mashg'ulotlar davomida futbolchilar buni qanchalik tushunayotganliklari va o'zlashtirayotganliklarini sparing-raqib yordamida bilib olamiz”.

O'tgan mavsum “Lokomotiv”ga yordam bergan bir qator futbolchilar jamoani tark etishdi. Yelichich bu haqda ham o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi: “Bugun bizning safimizda yo'q bo'lgan futbolchilar o'tgan mavsum jamoa muvaffaqiyatlariga sezilarli hissa qo'shishdi. Ahir biz mavsumni yomon o'tkazganimiz yo'q. Dilshod Rahmatullaev O'zbekistonning har qanday klubini kuchaytira oladigan salohiyatga ega. Uning poziciyasida harakat qiladigan Lutfulla To'raev ham yaxshi taassurot qoldirgandi. Ayni paytda ularning o'rnini bosishi kerak bo'lgan futbolchilarni topib, yo'qotishlar sezilmasligi uchun harakat qilyapmiz”.

Ertangi raqib “Al-Ahli” 14 ta jamoa ishtirok etadigan Saudiya Arabistoni Pro-ligasining 13-turidan keyin 33 ochko bilan peshqadam bo'lib turibdi. Mazkur jamoaga qarshi bellashuv Toshkent vaqti bilan 17:00 da start oladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика