So’nggi yangiliklar

13:58"Ал Иттиҳод" Погба учун курашга киришди  0 13:37Учрашувнинг сўнгги қисми жанжалга айланиб кетган "Нефтчи" - "Бухоро" учрашувидан ГАЛEРEЯ  1 12:25"Интер" Маркус Рэшфордни нишонга олди  3 11:47А Серия клуби Антони билан шартнома имзолашга уринди. Аммо, у Испанияга қайтишни хоҳламоқда  1 11:20"Манчестер Сити" ўйинчиси янги клуби билан келишувга эришди  1 10:51Поль Погба “Монако“га ўтмайди. Унинг режалари ўзгарди  4 10:23“Арсенал“ Испания терма жамоаси аъзоси билан келишувга эришди (Фабрицио Романо)  2 09:55Элдор Шомуродовга Франциядан ҳам таклиф бор  22 09:27“Манчестер Сити“ Ҳусановни Франция клубига ижарага беришни истамади  18 08:58Расман. Аббосбек Файзуллаев жамоасига янги бош мураббий тайинланди  0 08:28“Истанбул Башакшехир“ Элдорнинг трансфери учун “Рома“га қанча таклиф қилгани маълум  8 08:01Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария" сўнгги дақиқалардаги гол эвазига ғалаба қозонди  4 07:31Суперлига. Бугун 13-турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  13 07:20Суперлига. Захирадан тушган Жокичнинг голи "Нефтчи"га уч очко тақдим этди, "Насаф" эса Қашқадарё дербисида "Машъал"ни енгди  2 01:16Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария"дан 10та гол қабул қилган "Окленд Сити" "Бенфика" билан ўйинда ҳам кўп гол ўтказиб юборди  7

“Lokomotiv” Dubayda. Beshinchi kun. Olimpiyachilarga muxlislik kuni Yangiliklar

“Lokomotiv” Dubayda. Beshinchi kun. Olimpiyachilarga muxlislik kuni

Teglar :  Lokomotivyig'in
Milliy chempionat doirasida bir-birlariga raqiblik qiladigan futbolchilar maydon tashqarisida yaxshi munosabatlar o'rnatishga harakat qilishadi.

Qolaversa ularni bitta jamoa – O'zbekiston terma jamoasi bir butun qilib birlashtiradi.

Dubaydagi beshinchi tong O'zbekiston olimpiya terma jamoasining Janubiy Koreyaga qarshi o'yin tafsilotlarini muhokama qilish bilan boshlandi. Mashg'ulot paytida yigitlar murabbiy ko'rsatmalari bilan ovora bo'lsalar, qolgan paytlarda o'yin muhokamasi birinchi planga chiqib qolgandi.


Yanvarning 13-sanasi Dubayda biroz salqin keldi. Tong va kunbotarda havo harorati odatdagidan pastroq edi. Bu holat mashg'ulot jarayonlariga o'zining ijobiy tasirini o'tkazganligini aytishimiz kerak. Bu futbol o'ynash uchun ideal havo bo'lib tuyuldi.

Odatdagidan farqli ravishda kechki nazariyani bosh murabbiy emas, jamoa shifokori Abror Pirriev o'tkazdi. Qiziqarli suxbat jarayonida futboldagi jarohatlar, ulardan saqlanish usullari, jarohatdan keyingi tiklanish jarayonlari haqida so'z bordi. Mana shu erda futbolchilar kechki ovqatdan so'ng O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ishtirokidagi o'yinni qaerda tomosha qilishni kelishib olishdi.


Terma jamoa bilan birga bo'lib turgan “Lokomotiv” vakili Ikrom Aliboev Janubiy Koreyaga qarshi o'yinda ishtmadi. Unga balki kelgusi o'yinlarda imkoniyat taqdim etilar. Tabiiyki, futbolchi 2016 yilgi yig'inlarda ishtirok etmayapti. U jamoa safiga qaytguniga qadar “Lokomotiv” ikki nafar yarim himoya vakili bilan shartnoma tuzib ulgurgandi. Ulardan biri gruziyalik Kaxi Maxaradze.

“Jamoa almashtirganim borasida har kim turlicha fikrlar bildiryapti. Kimdir buni oqlasa, yana kimdir u yoqdan bu yoqqa o'tib yurish yaxshi emasligini takidlayapti. Lekin bilasizmi, men o'zim to'g'ri deb bilgan ishni qilaman”, – deydi Maxaradze. – “Lokomotiv” yarim himoyasidagi raqobatning kuchli ekani meni tashvishga solmaydi, kurashishdan qo'rqmayman. O'z ustimda va mashg'ulotlarda bor kuchim bilan mehnat qilish mening vazifam. Qolganini murabbiylar hal qilishadi”.


Bir jamoadan boshqasiga qo'shilish bilasizki oson ish emas. Yangi muhit, yangi murabbiy, boshqacha talab va mashg'ulotlar. Bu xususda Kaxi quyidagicha fikr bildirdi: “Albatta, murabbiylar boshqa-boshqa bo'lganidan keyin mashg'ulotlar ham bir-biridan farq qiladi. Biroq bu bilan qaysi birinidir ajratib ko'rsatmoqchi emasman. Har ikki klubda ham ishlar yaxshi yo'lga qo'yilgan. Umid qilamanki, bu yil ham yaxshi natijalarga erishamiz”.


Ertaga “Lokomotiv” futbolchilari o'yinoli mashg'ulotda ishtirok etishadi. “Temiryo'lchilar”ni 15 yanvar kuni “Al-Ahli” kutayotganidan siz allaqachon xabardorsiz.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика