So’nggi yangiliklar

01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  1 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  0 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  2 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  0 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  0 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  2 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  4 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  5 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  14

"Lokomotiv" - "Bunyodkor" o'yini kishini nega ranjitdi? Yangiliklar

"Lokomotiv" - "Bunyodkor" o'yini kishini nega ranjitdi?

Futbolimizga, xususan chempionatimizga bo'lgan qiziqish yildan-yilga yo'qolib bormoqda.

Bu juda eskirgan va siyqasi chiqqan gap. Nimadir bo'lsa faqat shu jumlani ishlataverishga o'rganib qolganmiz. Hech narsa o'zgarmayapti.
Faqat chempionat o'yinlarida stadionga kelayotgan muxlislar tashrifi va jurnalistlarning ham futbolimizga bo'lgan qiziqishi o'zgarib bormoqda. Avvallari har bitta uchrashuvga kelgan kam sonli jurnalistlarning ko'pchiligi endi o'yinlarga ham kelmay qo'ymoqda.
Markaziy bahs maqomida bo'lmagan o'yinlarni qo'ya turaylik, chempionatdagi eng markaziy va katta afishali uchrashuvga ham hech kim kelmay qo'ygani haqiqat. Achchiq haqiqat.

Demak futbolimiz hech kimga qiziq bo'lmay qolmoqda. Yo'qsa aytingchi, "Lokomotiv" - "Bunyodkor" bellashuvidan ham yuqori statusga ega to'qnashuv bormi hozirgi kunda? Final chiptasi uchun kurashayotgan ikkita etakchi jamoalarimiz, bo'lajak chempion ham shular o'rtasida aniqlanishi kundek ravshan.
Lekin bu jamoalarning o'zaro o'yiniga bo'lgan qiziqish deyarli nolga teng bo'ldi.

Muxlislarni gapirmayman. Stadionlarimiz xo'villab qolganiga o'rganib ham qoldik. Bo'sh tribunalar qarshisida to'p tepish futbolchilarimiz uchun yangilik emas.
Agarda kecha bo'lib o'tgan "Lokomotiv" - "Bunyodkor" bahsida stadion to'lib-toshganida, unda buni ajoyib yangilik desa bo'lardi.
Lekin bu fantastika.

TTZda o'tgan o'yinga 5 daqiqa kechikib bordik. Yo'ldagi tirbandlik sabab o'yinning dastlabki daqiqalarini ko'ra olmadik. Stadionga kirishimiz bilan media-Tribuna tomonga yo'l oldim. To'g'risi, kechikkanim sabab media-tribunadagi eng yaxshi joylardan quruq qoldim, deb biroz asabim buzilgandi. Lekin media-tribunaga chiqishim bilan kayfiyat bir buzildi va bir yaxshilandi. Joy to'laligi bois kayfiyatim yaxshi tomonga o'zgardi. Ammo o'yinga Baxtiyor SHirinov, Hasanali ota va yana bir jurnalistdan tashqari hech kim kelmaganini ko'rib baribir hayron qoldim.

Ha, o'yin shahar markazidan ancha uzoqda o'tdi. To'g'ri, havo sovuq edi. Tushunaman, o'yin vaqti biroz erta va bu vaqtda ko'pchilik ishda bo'ladi. Lekin futbol saytlarida faoliyat yuritadigan aksariyat jurnalistlarimizning ishi futbol ichidaku!? Yana bir fakt, Toshkentdagi stadionlarda jurnalistlarga qilingan sharoit bilan "Lokomotiv" klubi maqtana olmaydi. "Loko"ning har ikkala stadionida ham jurnalistlar uchun sharoit "Paxtakor" va "Bunyodkor"nikidan ancha yomon. "Obod" bilan raqobatlasha oladi, mayli.

SHu sabablar tufaylimi bu o'yinga kelgan jurnalistlarni sanash uchun bir qo'ldagi mavjud barmoqlarning o'zi etarli bo'ldi.

O'yinga keladigan bo'lsak, bahs shiddatli kechmadi. "Lokomotiv" tig'iz taqvim tufayli va ularni oldinda yanada jiddiy raqiblar, muhim bahslar kutib turganini hisobga olib, tarkibda bir qator o'zgarishlarni amalga oshirdi. Bir qancha etakchi futbolchilarga hordiq chiqarish uchun dam berildi. Kubok o'yini va tarkibdagi mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqan "Lokomotiv" bu kabi rotaciyaga jazm eta oldi.
"Bunyodkor" esa aksincha o'zining eng optimal tarkibini jangga tashladi. Faqatgina Akmal SHorahmedov shamollab qolgani bois o'yinda ishtirok etolmadi va aynan shu jihat "qaldirg'ochlar"ning mag'lubiyatiga sabab bo'ldi, desam mubolag'a bo'lmaydi.
"Bunyodkor" sardorining o'rniga harakat qilgan Ahmadalievning o'yinini tanqid qilmoqchi emasman. Dilshod shu kuni zo'r o'ynadi, deya olaman. Faqatgina uchrashuvning oxirgi daqiqalarida aynan u qo'riqlayotgan Sardor Mirzaev ko'zdan qochirilgani natijasida "Loko" hisobda oldinga chiqib oldi va shu birgina xato "Bunyodkor"ga qimmatga tushdi.

Bu bahsda Lushan ushbu mavsumda qo'llab kelayotgan taktikasi, yani himoyadan o'ynash uslubini ishga soldi. "Lokomotiv" hujumda o'zi istagan barcha rejalarni amalga oshira olmadi. Sababi, "Bunyodkor" mudofaa chizig'ida ancha zich o'ynadi va raqibga deyarli imkoniyat bermadi.

Uchrashuvning to'liq kartinasiga qarasak, gol urish uchun har ikkala jamoalarda ham imkoniyatlar va vaziyatlar sodir etildi. SHu kuni Murod Zuhurov va Mamur Ikromov ham o'z postlarini munosib tarzda himoya qila olishdi.
Gol o'tkazib yuborilgan vaziyatda Murod Zuhurovni ayblamagan bo'lardim.

Andrey Miklyaev o'yindan keyin haq gapni aytdi. Bu bahs haqiqiy kubok uchrashuviga mos tarzda o'tdi. "Lokomotiv" birinchi raqam ostida harakat qilgan bo'lsada, ularning eng dastlabki vazifalari kubok bellashuvida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolish edi. SHu boisdan ham "Lokomotiv" katta tavakkalga qo'l urmadi, chamamda.

SHaxsan men bu to'qnashuvdan ochiq va hujumkor o'yin kutmagandim. Bu ko'proq taktik kurashlar janggi bo'lishi kundek ravshan edi.
Mavsum oxiri, jamoalar ancha tig'iz taqvimda to'p tepishmoqda va ularni chempionat o'yinlarida ham oson bo'lmagan raqiblar kutib turganini inobatga olgandim. Buyoqda chempionatda kim chempion bo'lishi masalasi turgandi.

"Loko" bir qator etakchilarsiz ham "Bunyodkor" to'sig'idagi ilk zanjirni echa oldi. "Bunyodkor"ning bu o'yindagi rejalari ish bermadi. Birgina Akmal SHorahmedovning yo'qotishi ham yakunda o'z tasirini ko'rsatgani haqiqat. Aynan shu jihat ham jamoalarning hozirgi kundagi yagona farqini ko'rsatib turibdi. "Loko"da zaxira imkoniyati va tajriba katta.

Javob uchrashuvida "Bunyodkor" birinchi raqamda o'ynaydi va ular uchun boshqacha yo'l ham yo'q. Kubok o'yinida, yanayam o'z maydonidagi bahsni 1:0 hisobida o'z foydasiga hal etish mezbon jamoa uchun ideal natija.
"Bunyodkor" ochiq futbol taklif etsa, bu "Lokomotiv"ga yanada yoqsa kerak. Javob bahsi birinchisidan ko'ra ancha farq qilishi aniq. "Qaldirg'ochlar" o'z uylaridagi bellashuvda bor kuchlarini ishga solishadi va o'z omadlarini raqib darvozasi oldidan qidirishlariga to'g'ri keladi.
"Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadigan bahs tomoshabop va qiziqarli bo'ladi. Bunga shubha qilishga o'rin yo'q.
O'sha o'yinni tomosha qilish uchun bemalol stadionga kelaveringlar:)

TTZdagi o'yin katta anshlagda o'tmagani bois bellashuvning ichki dinamikasi ham yuqori tuyulmadi. Baribir har bir o'yinni bezab beradigan eng asosiy jihat - bu tribunalarni to'ldirib turuvchi ishqibozlar. Ular yo'qligi tufayli uchrashuv imidjiga ham putur etadi. Qandaydir azartsiz futbol ko'rgandek bo'ladi odam.
O'yindan ham emas, uchrashuvga, futbolimizga bo'lgan qiziqish yo'qolib borayotgani kishini ranjitdi...


SHahboz Beg'amov

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика