So’nggi yangiliklar

23:19Февзи Давлетов: "Ички муаммолар бор, буни биз ҳал қила олмаймиз"  2 23:00А Серия. "Милан" - "Болонья" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 22:57Вальверде Мбаппега таъриф берди  0 22:14Абрамов ва "Динамо"нинг навбатдаги қурбони "Сурхон" бўлди. Самарқандликлар мағлубиятсиз юришини давом эттирди  35 21:59"Барселона" ёзда Осиёга келади  1 21:27Артём Петросян: "Футболчилар руҳий жарликда. 3-4 кун ичида бу ҳолатдан олиб чиқиб бўлмайди"  12 20:55Виталий Левченко: "Таркибимизда йўқотишлар кўп. Ким соғлом ҳолатда бўлса, ўша ўйнаяпти"  5 20:29"Арсенал" "Ливерпуль"га чемпионлик йўлаги ташкил қилиб берадими? Артета жавоб берди  3 20:00Суперлига. "Нефтчи" "Андижон" майдонидаги водий дербисида устун келди  82 19:54"Реал"нинг азалий рақиби Лунин учун 25 млн евро беришга тайёр  0 19:27"Ньюкасл" "Бавария" юлдузига қизиқмоқда  0 18:56Рюдигер "Челси"га қайтиши мумкин  0 18:28Максим Шацких "Андижон" – "Нефтчи" учрашувига келди  17 18:06Осиё жамоалари Жаҳон чемпионатини тарк этди  1 17:38Расман: Хаби Алонсо "Байер"дан кетаётганини эълон қилди  31

"Lokomotiv" - "Bunyodkor". Oxirgi ikki o'yin suratlarda Yangiliklar

"Lokomotiv" - "Bunyodkor". Oxirgi ikki o'yin suratlarda

Bugun Oliy liga 15-turi doirasida Toshkent derbisi bo'lib o'tadi.

Ayni paytda turnir jadvalini boshqarib borayotgan bu ikki klub qarama-qarshiligi birinchi davraning eng asosiy o'yini desak mubolag'a qilmagan bo'lamiz. Bugungi bellashuv g'olibi chempionlik poygasidagi imkoniyatlarni o'zi tomonga og'dirib oladi.

Quyida jamoalar ishtirokidagi oxirgi ikki o'yin qay tarzda kechganini suratlar yordamida yodga olamiz.

O'tgan mavsumning 4-turida bo'lib o'tgan o'yinni jamoalar mana shu tarkibda boshlashgan.

O'sha o'yinda "Temiryo'lchilar" darvozasini Mamur Ikromov qo'riqlagan edi, bugungi uchrashuvda ham darvoza daxlsizligi aynan unga topshiriladi, sababi...

Ignatiy Nesterov o'sha kuni ham jamoasiga yordam bera olmagan edi, bugun ham huddi shunday bo'ladi. Farqi, 2015 yilda bu murabbiy qarori edi, 2016 yilda esa diskvalifikaciya. Nesterov o'tgan turda Bekobodda qizil kartochka olib maydonni tark etgan, shuning uchun ham bugun darvoza Ikromovga topshiriladi.

Yuqori darajadagi uchrashuvlarni boshqarish yuqori saviyali hakamlarga ishoniladi. Bu borada eng yaxshi tanlov - Ravshan Ermatov.

SHavkat Mullajonov ayni paytda jamoasiz, uning "Al-SHaab" (BAA) klubidagi faoliyati omadli chiqmadi.

"Lokomotiv"ning o'tgan mavsumdagi eng yaxshi himoyachisi Nemanya Yanichich ayni paytda "Al Jayish" safida muvaffaqiyatli to'p tepayotgan Sardor Rashidovga halaqit qilishga urinmoqda.

"Forma"ga kirib olgan Ikrom Aliboev o'tgan yilgi ilk derbini ajoyib tarzda o'tkazgan edi, hisobni ochilishiga sabab bo'lgan penaltini ham aynan Ikrom ishlagan edi.

Temurxo'ja Abduxoliqov hisobni ochgandan so'ng, u odatda sobiq jamoalariga urgan gollarini nishonlamaydi.

Jasur Hasanov hisobni 2:0ga etkazgan vaziyat, yarim himoyachining quvonchi cheksiz...

Eldor SHomurodov jamoasi ikki to'p farqi bilan ortda qolayotganda qizil kartochka olib maydonni qolganlardan erta tark etgan edi.

Avvalgi mavsumda 8ta gol urgan Temurxo'ja Abduxoliqov bu yil 13 uchrashuvda 10ta golga mualliflik qildi.

"Lokomotiv"ning sobiq bosh murabbiyi Vadim Abramov.

Bu esa Lokoning hozirgi bosh murabbiyi Mirko Yelichich, u o'sha paytda jamoaning jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyi edi. Zoteev Yelichich qo'l ostida zaxira futbolchisidan asosiy tarkib azosiga aylandi.

O'tgan mavsumning avvalida o'tkazilgan derbi "Lokomotiv"ning yirik hisobdagi g'alabasi bilan yakunlangan edi.

Bu jamoalar o'rtasidagi so'nggi uchrashuv 2015 yilning 22 avgustida "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tgan.

Xayrulla Karimov "Bunyodkor"ni tark etgach, Akmal SHorahmedov sardorlik vazifasini o'z zimmasiga olgan, Dilshod Rahmatullaev esa bugungi kunda Qarshining "Nasaf" jamoasida to'p tepmoqda.

O'sha uchrashuvni yakunda O'zbekiston chempioni bo'lgan "Paxtakor" futbolchilari bevosita stadiondan kuzatib borishgan edi.

Birinchi davradagi bellashuvda qizil olgan Eldor SHomurodov har qancha urinmasin, ikkinchi davrada ham "Lokomotiv" darvozasiga yo'l topa olmagan edi.

Hozir Ivan Miloshevich "Qaldirg'ochlar" safini tark etgan bo'lsa, Jasur Hasanov "Temiryo'lchilar" tarkibida asosiy tarkibdan joy ola bilmayapti.

Uchrashuv taqdirini 15 daqiqada Sanjar SHoahmedov tomonidan kiritilgan gol hal qilgan edi.

Jamoasining haqiqiy etakchisiga bo'lgan Temur Kapadze to'p bilan.

O'yinning 90+1 daqiqasida Marat Bikmaevning penaltidan tepgan to'pini Murod Zuhurov qaytarmoqda.

Vadim Abramov "Bunyodkor"ni har ikki uchrashuvda ham taslim etgan edi.

"Bunyodkor" jamoasining o'tgan yilgi ikki o'yindagi holati bitta suratda.


Tolibjon Qosimov

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика