So’nggi yangiliklar

09:52"Реал Мадрид" 20 ёшли ҳужумчи учун 100 миллион беришга тайёр  0 09:24МЮ раҳбарияти Маркус Решфордни "Барселона"га ижарага берганидан пушаймон  1 08:55"Реал" футболчиси: "Рақсга туш ва ҳеч қачон тўхтама"  2 08:27Трент Александер-Арнолд "Ливерпул"га қайтиши мумкин — Mirror  4 07:58Аутсайдерни мағлуб эта олмаган Микел Артета ўйиндан сўнг нималар деди?  7 07:30Чемпионлар Лигаси 1/16 финалининг биринчи ўйинлари якунлари бўйича “Ҳафта ўйинчиси” мукофотига номзодлар эълон қилинди  7 07:01Ахбор Имомхўжаевнинг ёрқин хотирасига бағишланади: "10000 метр баландликда уюштирилган интервью"  0 03:10ЕЧЛ. ​"Будё Глимт" бу сафар ўз уйида "Интер"нинг тазирини берди, "Атлетико"да дуранг, "Байер"да ғалаба  9 03:05ОЧЛ 2. "Ал Аҳли" ва "Ал Насср" ўз уйларидаги учрашувларда ғалаба қозониб, кейинги босқичга йўл олишди  2 03:05АПЛ. "Арсенал" аутсайдерни мағлуб қила олмади ва ўта муҳим очколарни бой берди  19 01:33"Барселона" Рамазон ойига Ямал учун ўтган йилдаги каби махсус овқатланиш режасини ишлаб чиқди  3 00:45ЕЧЛ. "Ньюкасл Юнайтед" меҳмонда "Карабоғ"ни ўта йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  5 23:47Филиппе Коутиньо "Васко да Гама"ни тарк этади  12 23:08Ла Лигада ой ўйинчиси бўлиш учун номзодлар эълон қилинди  1 22:33"Шўртан" назорат учрашувида Қирғизистон клубини йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  2

"Lokomotiv" - "Bunyodkor" 1:2. "Bunyodkor" g'alaba qozondi! Yangiliklar

"Lokomotiv" - "Bunyodkor" 1:2. "Bunyodkor" g'alaba qozondi!

Oliy liganing 18-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Bunyodkor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
YANGILASH

Demak, Toshkent derbisida "Bunyodkor" futbolchilari chempionat peshqadamini mag'lubiyatga uchratdilar. Etiboringiz uchun raxmat! Sog' va salomat bo'lishga majbursizlar!

"Lokomotiv" futbolchilari hakamga etiroz bildirishmoqda.

Maydonda futbolchilar o'rtasida to'qnashuv yuzaga keldi!

95. Vanihoyat o'yin yakunlandi! "Bunyodkor" 2:1 hisobida g'alaba qozondi!

94. Hakam tomonidan qo'shib berilgan uch daqiqa o'z yakuniga etdi. Lekin negadir hushtak yo'q!

93. So'nggi daqiqalar asabiy tarzda davom etmoqda.

92. Jasur Hasanov raqib futbolchisi bilan to'qnashuvda. Sobirho'jaevga sariq kartochka!

90. Javlon Ibrohimovga sariq kartochka.

90. So'nggi daqiqalar shiddatli davom etmoqda.

89. Salim Mustafoevga qizil kartochka!
Javlon Ibrohimovni so'nggi chora sifatida chalgani uchun!

88. Geynrixdan ajoyib jarima zarbasi. Lekin, To'raev o'z o'rnida.

87. Sardor Rashidovdan navbatdagi reyd. Doston Hamdamov birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi.

86. "Lokomotiv" oldinga tashlanmoqda.

84. Jasur Hasanov etiroz bildira turib hakamning cho'ntaklarini ushlab oldi. Foydasi yo'q, baribir sariq.

83. O'yin markaziy bahs maqomiga yarasha davom etmoqda!

82. Mustafoevning zarbasi To'raevning qo'liga borib tushdi.

81. "Bunyodkor" safida so'nggi o'zgarish. Hayrulla Karimov o'rniga Akrom Komilov tushdi.


80. "Lokomotiv" hujumi. Ibrohim Rahimov o'yindan tashqari holatda.

78. Jasur Hasanovning jarima to'pidan tepgan zarbasini To'raev osonlik bilan egallab oldi.

75. Stadion suhandoni mehmonlar tarkibidagi O'rinboev o'rniga Vohid SHodiev tushganini elon qildi.


75. "Bunyodkor" bosmoqda!

74. "Lokomotiv" tarkibida o'zgarish. Farhod Tojiev o'rniga Alisher SHog'ulomov tushdi.

73. Sobirho'jaevning kuchli zarbasini Nesterov bartaraf etdi.

70. "Bunyodkor" goldan ruhlanib oldinga o'tmoqda.

68. GOOOOLL!!! Ivan Miloshevich!
Unga to'pni Sardor Rashidov oshirib berdi.

67. Mezbonlar safida o'zgarish. Dilshod Raxmatullaev o'rniga Sadriddin Abdullaev.

65. Ogohlantirish. Havfli o'yin sababli Akmal SHorahmedovga sariq kartochka. Fozil Musaev maydonda yotibdi.

64. Doston Hamdamov o'yindan tashqari holatda.

63. O'yin tempi meyorida.

62. "Bunyodkor" safida o'zgarish. Sato Minori o'rniga Sardor Sobirho'jaev tushdi.

61. Endi Geynrix yiqildi. Bu mexmonlar jarima maydonchasi ichida sodir bo'ldi. Kovalenko jim...

60. Javlon Ibrohimovning zarbasi "Loko" jarima maydoni ichida himoyachilarining qo'liga tekkandek ko'rindi... O'yin davom etadi.

59. "Bunyodkor" ketma-ket ikki marta burchakdan to'p tepmoqda.

57. Gol. Lekin, o'yindan tashqari holat. Geynrixning jarimadan ko'targan zarbasini Fozil Musaev darvozaga yo'llagandi...

56. Jarima to'pi! To'p oldida Geynrix va Lutfulla To'raev.

55. Sasha Geynrixdan chiroyli zarba. Akbar o'z o'rnida.

53. Sardor Rashidovning burchak zarbasidan uzatgan to'pini O'rinboev darvozaga yo'lladi. Nesterovdan ajoyib seyv!

50. Kichik to'xtalish. "Bunyodkor" himoyachisiga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

49. Maydonda Hayrulla Karimov yiqilib yotgan vaqti o'yin davom etmoqda.

48. Ogohlantirish. Aleksandr Geynrixga Rashidovga qo'polligi uchun sariq kartochka.

46. Lutfulla To'raevga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

Ikkinchi bo'lim boshlandi!


Muxlislar tomonidan tanaffus vaqtida shovqin ko'tarildi. Tinchlikmikin? Haaa... Kovalenko ular oldidan o'tib ketayotgan ekan.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!


45. Birinchi bo'limdagi to'xtalishlar uchun bir daqiqa qo'shib berildi.

43. Ogohlantirish.
SHavkat Mullajonov Minorini jarima maydoni atrofida chalib yiqitdi.

40. GOL! Penaltini jabrlanuvchining o'zi aniq amalga oshirdi. Farhod Tojiev!

39. Penalti! Jarima maydonchasi ichida Akmal SHorahmedov Tojievni yiqitdi. Penalti bormidi-yo'qmidi? Takroriy vaziyatni ko'rib chiqish zarur...

36. "Bunyodkor" yoshlari tajribali raqiblariga munosib qarshilik ko'rsatishmoqda. Himoyada ham, hujum borasida ham.

34. Dilshod Raxmatullaevning juda noaniq zarbasi. Xojiboy Tojiboevning latifasini esladim shu payt...)

31. Rashidovning oshirgan to'pini Bekovich darvozaga to'g'irlay olmadi. Sardor bugun chap qanotda faol harakat qilmoqda.

29. Geynrix jarima maydoni ichida yiqildi. Lekin, hakam bunga etibor bermadi. O'yin davom etadi.

27. O'yinda ustunlik biroz mezbonlar tomonga o'tdi.

25. Vadim Abramov o'yinni tik turgan holatda kuzatmoqda.

23. Jasur Hasanov tepgan to'p "Loko" futbolchilaridan biriga tegib maydonni tark etdi.

22. Jarima to'pi. Ibrohimov Jasur Hasanovga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Naqd Geynrixning "tochka"si.

21. Lutfulla To'raev asabiylashmoqda.

19. Rashidovning o'ng qanotdan oshirgan to'pini Bekovich darvozaga tepa olmadi. Undan qolgan to'pni esa O'rinboev mezbonlar darvozasiga yo'llab qo'ydi!

19. GOOOOLLLLL! Zabihillo O'rinboev!!!


18. Lushan o'rnidan turib shogirlariga ko'rsatma bermoqda.

16. Xavo issiq. Futbolchilar tomoqlarini ho'llab olmoqdalar. Kichik tanaffus yuzaga keldi.

15. Umuman olganda o'yin teng kurashlar ostida kechmoqda. Muxlislar zerikib qolayotganlari yo'q.

14. Doston Hamdamovning bergan zarbasi juda balandga ketdi.

12. Dilshod Raxmatullaevning zarbasini Akbar To'raev bartaraf etdi.

10. Mezbonlarning kam sonli fan klubi o'z suyuklilarini faol tarzda qo'llab-quvvatlamoqdalar.

9. "Lokomotiv" tomonidan uyushtirilgan qarshi hujum besamar yakunlandi.

7. O'yin maydonning chap tomonida, yani, "Loko" darvozasi joylashgan tomonda o'tmoqda.

5. Rashidovning kuchsiz zarbasini Nesterov osonlik bilan egallab oldi.

4. Tashabbus "temiryo'lchilar" tomonga o'tdi.

3. 24-raqamdagi Ibrohim Raximov raqib darvozasi tomon dastlabki havfli zarbani amalga oshirdi. Akbar To'raev tomonidan ajoyib seyv!

1. O'yinni mehmonlar faol boshladilar. To'p nazorati hozircha "Bunyodkor"da.

1. O'yinni mezbonlar boshlab berishdi. Demak boshladik!


-Mezbonlar qizil, "Bunyodkor" esa oq rangli liboslarda bugun harakat qiladilar.

-Jamoalar PFL madhiyasi sadolari ostida yashil maydonga chiqib kelmoqdalar!

-Turning markaziy uchrashuvida kim g'alaba qozonarkin? Siz nima deb o'ylaysiz?

-Stadionga tahminan 4000 ga yaqin futbol ishqibozlari tashrif buyurishgan.

-O'yinni siz azizlar uchun Aziz To'xtamurodov sharxlab boradi. Mazmunli o'yin ko'ramiz degan umiddamiz!

-Jamoalar chigalyozdi mashg'ulotlarni yakunlashdi.

-Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Bugun O'zbekiston CHempionati doirasidagi "Lokomotiv" hamda "Bunyodkor" jamoalari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi.

Jamoalarning boshlang'ich tarkiblari malum bo'ldi.


Lokomotiv (Taoshkent) – Bunyodkor (Toshkent)
Hakamlar:
V. Kovalenko (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), X. SHodmonov (Buxoro), R. Tolibjanov (Farg'ona)
Nazoratchi: G. Karimov (Tashkent).
PFLUz vakili: N. Lutfulin.

"Lokomotiv": 1. Ignatiy Nesterov, 10.Farhod Tojiev, 17.Salim Mustafoev, 18.Fozil Musaev, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 24.Ibrohim Rahimov, 35.SHavkat Mullajonov, 50.Aleksandr Geynrix, 61.Dilshod Rahmatullaev, 77.Jasur Hasanov (kattasi), 88.Lutfulla To'raev

Zaxira: 84.Temur Jo'raev, 4.Boburbek Yo'ldoshev, 7.Sadriddin Abdullaev, 22.Viktor Karpenko, 23.Ivan Nagaev, 60.Artyom Filiposyan, 70.Alisher SHog'ulomov

"Bunyodkor": 45.Akbar To'raev, 2.Akmal SHorahmedov, 4.Xayrulla Karimov (S), 6.Anvar G'ofurov, 8.Javlon Ibrohimov, 9.Minori Sato, 13.Ivan Miloshevich, 19.Zabihillo O'rinboev, 20.Samir Bekovich, 21.Sardor Rashidov, 8.Dostonbek Hamdamov

Zaxira: 1.Pavel Bugalo, 11.Oleksandr Pishur, 14.Vohid SHodiev, 27.Sardor Sobirxo'jaev, 33.Oleg Zoteev, 48.Akramjon Komilov, 59.Nuriddin Hasanov

Gollar: Zabihillo O'rinboev 19 (Samir Bekovich), Ivan Miloshevich 68 (Sardor Rashidov) - Farhod Tojiev 40 (pen.)
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика