Lokomotiv: Bugun Qayrat bilan o'ynaymiz
12 jan 2014 14:47
Yangiliklar

Lokomotiv: Bugun Qayrat bilan o'ynaymiz
Kuni kecha Lokomotiv jamoasi azolari navbatdagi o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazish uchun BAAning Abu-Dabi shahriga jo'nab ketishgan edi.
Bugun esa jamoamiz ushbu yig'in doirasida dastlabki nazorat-sinov uchrashuvida Qozog'istonning Qayrat jamoasiga qarshi maydonga tushadilar. SHu munosabat bilan bo'lajak raqiblarimiz haqida qisqacha malumot berishni lozim topdik.
Qayrat futbol klubi 1954 yil Alma-Ataning Dinamo jamoasi bazasida tashkil etilgan. Jamoa 1954-1991 yillar davomida sobiq Ittifoq chempionatida ishtirok etgan. SHundan 24 mavsumni Qayrat Oliy ligada o'tkazgan. 1986 yilda jamoa o'z tarixidagi eng yuqori natijani qayd etgan, yani SSSR chempionatida 7-o'rinni egallagan.
1992 yildan boshlab Qayrat Qozog'iston chempionatida ishtirok etib kelmoqda. Jamoa dastlabki chempionatda oltin medalga sazovor bo'ladi, keyin esa mamlakat kubogini ham qo'lga kiritadi. Darvoqe, Qayrat Qozog'iston kubogini 5 marta qo'lga kiritgan va bu borada eng yaxshi ko'rsatkich sohibi sanaladi. Biroq, 1992 yilgi oltin mavsumdan keyin jamoa inqirozga yuz tutdi va 1998 yilgi mavsum yakuniga ko'ra 1-ligada 2-o'rinni egallab, yana oliy ligaga qaytadi. 1999 yilda Qozog'iston chempionati bronza medaliga sazovor bo'lgan Qayratning o'yinida to'rt mavsum pasayish kuzatiladi va nihoyat 2004 yilga kelib Alma-Ata shahri jamoasi yana oltin medalni qo'lga kiritadi. Biroq, yulduzli onlar ko'pga cho'zilmadi. 2005 yilgi bronzadan keyin jamoa yana pastga sho'ng'ishda davom etdi va natijada 2009 yilgi mavsumni 1-ligada o'tkazgan Qayrat bir yilda kuchlilar safiga chiqish vazifasini uddaladi. Uch mavsumdirki oliy ligada katta qiyinchilik bilan o'z o'rnini saqlab qolgan Qayrat uchun 2013 yilgi mavsum nihoyatda omadli keldi va ular 8 yillik tanaffusdan keyin yana Qozog'iston chempionati sovrindori bo'lishdi, yani bronza medalini qo'lga kiritdi.
Ayni paytda jamoani slovakiyalik taniqli mutaxassis Vladimir Vayss boshqarib kelmoqda. Jamoa sardori esa Qozog'iston futbolining yorqin yulduzi Samat Smakovdir. SHu o'rinda takidlash kerak, bu jamoa safida hamyurtlarimizdan Jafar Irismetov, Viktor Karpenko hamda keyinchalik Qozog'iston fuqaroligini qabul qilgan Qayrat O'taboevlar to'p surishgan.

Fikrlar