So’nggi yangiliklar

21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  51 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  2 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  2 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  10 18:13АПЛ топ-клублари "Ал Ҳилол" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  2 17:36"Тоттенхэм" ва "Барселона" "Арсенал" ҳужумчисига қизиқмоқда  3 17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  4 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  5 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  21 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  9 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  6 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1

Lokomotiv BO'FM: yorqin kelajakka intilib... Yangiliklar

Lokomotiv BO'FM: yorqin kelajakka intilib...

O'zbekistonda so'nggi yillarda hukumatimiz tomonidan bolalar sportiga berilayotgan g'amxo'rlikning ortishi oqibatida bolalar futboliga etibor ham tubdan o'zgardi.
Buning samarasi o'laroq mamlakatimizda oxirgi 10 yillikda Paxtakor, Mashal, Bunyodkor va Nasaf klublari qoshida zamonaviy, xalqaro talablarga javob beradigan futbol akademiyalariga asos solindi. Bu esa o'z navbatida yurtimizda bolalar futbolining taraqqiy etishiga xizmat qilmoqda. Birgina 2009-2013 yillar oralig'ida O'zbekiston o'smirlar va yoshlar terma jamoalari ikki martadan jahon chempionatiga chiqishdi. SHu misolning o'ziyoq mamlakatimizda bolalar futboliga katta etibor berilayotganidan darak beradi.

Professionalizm sari dadil odimlayotgan Lokomotiv futbol klubi ham bu jarayondan chetda qolayotgani yo'q. Aslida, o'zini hurmat qilgan klub eng avvalo bolalar futboliga alohida etibor qaratadi. Zero, bolalar futbolini rivojlantirish orqali o'sha klub o'z kelajagiga poydevor qo'yadi. SHu boisdan Lokomotiv futbol klubida ham ushbu masalaga jiddiy yondoshilmoqda.

2010 yilgi mavsum yakunida Lokomotiv klubi oliy ligani tark etadi. O'shanda jamoada kadrlar tanqisligi, zahira o'rindig'ining torligi jamoamiz uchun qimmatga tushgandi. Buni to'g'ri anglagan klub rahbariyati ishni yangidan tashkil etish hamda Lokomotiv futbol klubi qoshida bolalar futbolini rivojlantirishga katta etibor qaratadi. SHu maqsadda 2011 yilning yanvar oyidan Lokomotiv bolalar va o'smirlar futbol maktabiga asos solindi. Futbol maktabiga o'z ishining ustalari, bir vaqtlar taniqli futbolchi bo'lgan insonlar murabbiy sifatida jalb etildi. Bunga Marsel Idiatulin, Yuriy Vintovkin, aka-uka Ravshan va Alisher Bozorovlar, Sergey Loshak, Davron Dosumov va boshqalar yaqqol misol bo'ladi.

Maktabda 8 yosh toifasidagi guruhlar faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Ayni paytda Lokomotiv bolalar va o'smirlar futbol maktabidagi eng katta guruh sifatida 1997 yilda tug'ilgan o'smirlarni aytish mumkin. Ularga o'z vaqtida taniqli futbolchi bo'lgan Sergey Loshak futbol sirlarini o'rgatib kelmoqda. Keyingi yosh toifasidagi guruh esa 1998 yilda tug'ilgan o'smirlardan iborat. Ular Yuriy Vintovkin qo'i ostida shug'ullanishadi. Qolgan guruhlarning yosh toifalari va murabbiylari quyidagicha:

1999 yil – Davron Dosumov va Nizom Nortojiev,

2000-2001 yillar – Ravshan Bozorov,

2002-2003 yillar – Alisher Bozorov,

2004 yil – Dilshod Otamuxamedov,

2005 yil – Saydulla Tursunov.

Bundan tashqari maktab qoshida 1995-96 yillarda tug'ilgan o'smirlardan iborat guruh ham mavjud bo'lib, ular 2014 yilgi tayyorlov guruhlari o'rtasida shahar birinchiligida ishtirok etisholmaydi. Ammo, Lokomotiv klubi bu yosh toifasidagi iqtidorli futbolchilarni bir jamoaga jamlagan holda kattalar o'rtasida Toshkent shahar birinchiligi, yani 2-liga musobaqalarida qatnashadi. Bu yosh toifasidagi yigitlarga Marsel Idiatullin, Sunnatilla Abdurasulov, Rustam Oripov va Sunnat Ro'zievlar murabbiylik qiladi. 2-ligada o'zini har tomonlama ko'rsatgan futbolchilar esa kelgusi yil Lokomotiv klubi yoshlar jamoasiga qabul qilinishadi. Bugungi kunda asosiy jamoa tarkibiga dadil kirib borayotgan iqtidorli yoshlardan I.Aliboev, Q.Ro'ziev, N.Efremenko, S.Karimov, A.Proxorovlar aynan Lokomotiv bolalar va o'smirlar futbol maktabida tarbiyalanishgan. Bundan xulosa shuki, temiryo'lchilar uzoqni ko'zlab ish yuritishmoqda. Maktabda faoliyat olib borayotgan murabbiylar esa FIFA va OFKning tegishli V va S licenziyalariga ega.

O'rni kelganda takidlash joizki, Lokomotiv bolalar va o'smirlar futbol maktabi tarbiyalanuvchilari 2011 yildayoq o'z yutuqlari bilan muxlisu-mutaxassislar nazariga tushishgandi. Xususan, Yuriy Vintovkin shogirdlari (1998 yilda tug'ilgan futbolchilar guruhi) Qashqadaryoning Muborak shahrida o'tkazilgan Boris Serostanov xotira turniri hamda Toshkentda o'zbek futboli darg'alari xotirasiga bag'ishlab tashkil etilgan xalqaro turnirda munosib ishtirok etishgan holda sovrindorlar safidan joy olishgandi. SHuningdek, Toshkent shahar birinchiligida ham bu jamoa debyutant uchun ijobiy natija qayd etgan.

Ortda qolgan 2013 yilgi mavsumda Lokomotiv bolalar va o'smirlar futbol maktabi tarbiyalanuvchilari Toshkent shahar bolalar ligasi turnirida 24 jamoa orasida 6-o'rinni qo'lga kiritdi. Tashkil topganiga endigina 3 yil bo'lgan jamoa uchun bu u qadar yomon natija emas. Umid qilamizki, yangi mavsum o'yinlarida Lokomotivning ertasi bo'lgan yoshlarimizning g'alabalari yanada salmoqli bo'ladi. Bu yo'lda ularga omad tilaymiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика