"Lokomotiv" futbolchisi bir yarim yil ichida YHX qoidalarini 703 marta buzgani uchun atigi 15 kunga qamalishi mumkin
07 sen 16:13
Yangiliklar
"Lokomotiv" futbolchisi bir yarim yil ichida YHX qoidalarini 703 marta buzgani uchun atigi 15 kunga qamalishi mumkin
Moskvaning "Lokomotiv" klubi futbolchisi Dmitriy Barinov YHX qoidalarini buzgani uchun qamalishi mumkin.
Malumotlarga ko'ra, "Loko" va Rossiya terma jamoasi yarim himoyachisi so'nggi bir yarim yil ichida 703 marta yo'l harakati xavfsizligi qoidalarini buzgan va bu qoidabuzarliklarning umumiy jarima summasi 642 ming rublni tashkil qiladi.
Futbolchi eng ko'p tezlikni oshirish (388 marta) va taqilmagan kamar (120 marta) uchun jazolangan.
Barinov jarimalarni o'z vaqtida to'lamagan. Bu uchun u to'lovni ikki baravar narxda amalga oshiradi va 15 sutkaga qamaladi yoki 50 soat axloq tuzatish ishlari bilan shug'ullanadi.
Fikrlar