"Lokomotiv-BFK"ning 10 yillik to'yi nishonlandi
07 may 2016 14:46
Yangiliklar
"Lokomotiv-BFK"ning 10 yillik to'yi nishonlandi
"Do'stlik" stadionida birinchi liga ishtirokchisi "Lokomotiv-BFK" jamoasi tashkil topganining 10 yillik yubiley to'yi nishonlandi.
Ushbu marosimga o'zbek futboli mutaxassislari, futbolimiz faxriylari, O'FF va PFL xodimlari, "O'zbekiston Temir yo'llari" akcionerlik jamiyati vakillari, "Lokomotiv" futbol klubi rahbariyati, futbolchilar hamda muxlislar tashrif buyurishdi.
Tadbirni taniqli sharhlovchi Davron Fayziev olib bordi. So'zga chiqqanlar orasida O'FF faxriylar kengashi raisi Narimon Jalolov, "Lokomotiv" PFK prezidenti Mansur Rajabov, "Lokomotiv" jamoasi sardori Timur Kapadze "Lokomotiv-BFK"ni yubiley bilan qizg'in tabriklashdi hamda jamoaning keyingi faoliyatiga omad tilashdi. Xonandalar o'z koncert dasturlari bilan yig'ilganlarga zavq ulashishdi.
"Lokomotiv" matbuot xizmati
Fikrlar