So’nggi yangiliklar

18:06"Портсмут" — "Арсенал". Таркиблар маълум  0 17:36"Барса”, ПСЖ, "Интер”, "Юве”, "Монако" ва "Порту" клублари россиялик футболчига қизиқмоқда  0 16:58Наманган вилояти ҳокими "Навбаҳор" стадионини кўздан кечирди  2 16:01Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади  30 15:42Хулиан Альварес АПЛга қайтиши мумкин  1 14:58"Манчестер Юнайтед”, "Реал" ва "Арсенал" грециялик футболчи учун даъвогар  1 14:10Каору Митома - "Манчестер Юнайтед"нинг трансфер мақсади  1 13:42Ван де Вен "Ливерпул"га ўтишга рози бўлди  3 13:18Суперлига-2026. Мавсумни ким қаерда бошлайди?  4 12:49Бугунги ўйинлар: “Интер” — “Наполи”, “Бавария” уйда, “Милан” сафарда ва бошқалар  1 12:45"Арсенал" Барколя учун курашга қўшилди  1 11:34Абрахам АПЛга қайтиши мумкин  5 10:39"Манчестер Сити" 40 йиллик натижани такрорлади  1 10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  6 09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  3

“Lokomotiv-BFK” musobaqa g'olibi Yangiliklar

“Lokomotiv-BFK” musobaqa g'olibi

Teglar :  Lokomotiv-BFK
Urganch shahrida 2000-2001 yillarda tug'ilgan “yosh charm” to'p ustalari o'rtasida Xorazm viloyati xalq talimi boshqarmasiga qarashli 2-son bolalar va o'smirlar sport maktabi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Konstituciyasining 23 yilligiga bag'ishlangan ochiq birinchilik o'tkazildi.

Mazkur musobaqada 9 ta jamoa ishtirok etdi.  Uchrashuvlar avvaliga ikki guruhda olib borildi. O'z guruhlarida dastlabki ikki o'rinni egallagan jamoalar yarim final juftliklarini hosil qilishdi.

Nihoyat, uchinchi o'rin uchun bo'lib o'tgan o'yinda “Navro'z” jamoasi yosh futbolchilari “Paxtakor”chi tenqurlarini yirik, 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi. Hal qiluvchi uchrashuv ham shunday hisobda yakunlandi. Ushbu bellashuvda Anvar Alimov va Alisher Ro'zmetovlar ustozlik qilayotgan  “Lokomotiv-BFK” futbolchilari “Do'stlik” jamoasi ustidan ishonchli g'alabaga erishib, birinchilik g'olibi bo'ldi.

- Mubolag'a emas, o'tgan yillar mobaynida sport maktabimizdan qator taniqli futbolchilar etishib chiqqan, - deydi 2-son VBO'SM direktori Jamoliddin Abdullaev. – Ayni damda, ularning bazilari mamlakatimizning etakchi jamoalari safida to'p surayotir. Nihoyasiga etgan musobaqamizda ularning ko'plab izdoshlarini kashf etdik. Ishonchimiz komilki, bugungi birinchiligimiz mazkur yoshlarimiz uchun mahorat maktabi vazifasini o'tadi.

Tadbirning yopilish marosimida qatnashgan Xorazm viloyati futbol federaciyasi birinchi vice prezidenti Ravshan Atajonov, “Xorazm” jamoasi bosh murabbiyi Vali Sultonov, sport faxriysi Ozod Abdullaev va boshqalar musobaqaning ahamiyati haqida to'xtalishib, g'olib va sovrindorlarni erishgan yutuqlari bilan qutlashdi. O'z navbatida shohsupaga ko'tarilgan jamoalar kubok, tegishli darajadagi diplom va sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

Ikrom  XUDOYBERGANOV.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика