So’nggi yangiliklar

14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  1 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  2 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  7 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  10 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  9 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  2 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  5 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  2 10:58Кечаги учрашувда ғалабани қўлдан чиқарган Гвардиола нималар деди?  4 10:32"Шўртан"нинг икки нафар асосий футболчиси "Хоразм" йиғинида  2 10:06"Сурхон" яна бир футболчиси билан хайрлашди  1 09:40Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 09:18Чет эллик мутахассис Суперлига жамоасининг бош мураббийи бўлади  8

“Lokomotiv” Belarusda yig'in o'tkazadi Yangiliklar

“Lokomotiv” Belarusda yig'in o'tkazadi

Superliga jamoalari davralar oralig'idagi tanaffusga chiqishgan.

Mavsumning birinchi davrasini omadsiz o'tkazgan Toshkentning “Lokomotiv” klubi o'z ananasiga sodiq qolgan holda davralar oralig'ida Belarus davlatida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazadi. 

Rejaga ko'ra, “temiryo'lchilar” 19 iyun kuni Minsk shahriga jo'nab ketishadi. Bu haqda “Lokomotiv” hujumchisi Marat Bikmaev bizga qisqacha intervyu berdi. 

- Birinchi davradagi omadsizlikka moliyaviy masalaning tasiri yo'q, - deya so'z boshladi M.Bikmaev. - Agar hammasi moliyaviy taminotga bog'liq bo'lganida, bu “Bunyodkor”ning ham natijalarida aks etardi. “Qaldirg'ochlar” moliyaviy qiyinchilikka qaramay, turnir jadvalida bizdan yuqorida borishyapti. Demakki, omadsizlikka faqat va faqat o'zimiz sababchimiz. Boshqa hech kim va hech qanday omil aybdor emas.

- Klub rahbariyatining yondashuvi qanday? CHempionatning qolgan qismida vaziyatni ijobiy tomonga o'zgartira olasizlarmi?

- Rahbariyat har holda, xursand emas. Lekin boshqa tomondan, rahbarlar ham vaziyatni to'g'ri tushunib, ruhiyatni ko'tarishga harakat qilishyapti. O'ylashimcha, hammasi o'z qo'limizda. Qaysidir manoda chempionatni boshidan boshlaymiz. Natijalarni ijobiy tomonga o'zgartirishga qodirmiz, menimcha. Oldinda xorij yig'ini bor. Ananaga sodiq qolgan holda, Belarus poytaxti Minsk shahrida o'quv-mashg'ulotlar o'tkazamiz. SHu maqsadda 19 iyun kuni safarga jo'nab ketamiz. Tabiiyki, u erda mahalliy klublar bilan bir nechta nazorat uchrashuvlari o'tkazamiz. Ayni shu o'yinlar orqali chempionatning qolgan qismiga tayyorgarlik ko'ramiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика