"Lokomotiv" avstraliyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi
17 jan 2017 18:44
Yangiliklar
"Lokomotiv" avstraliyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi
Toshkentning "Lokomotiv" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Jamoa yangi mavsumda ham o'z oldiga katta maqsadlarni qo'ymoqda. Hozirga qadar ikki nafar ivuarlik legioner bilan shartnoma tuzildi. Klubni turkmanistonlik legioner Artur Gevorkyan tark etgan. Osiyolik legioner limiti uchun "temiryo'lchilar" avstraliyalik futbolchini tarkibga qo'shib olishmoqchi. Hozircha uning kimlini malum emas.
Qo'shimcha qilish kerakki, "Lokomotiv" murabbiyi Mirko Yelichich Avstraliya fuqarosi hisoblanadi.
Malumot uchun, O'zbekiston oliy ligasida bungacha avstraliyalik futbolchilar to'p tepishga ulgurgan. 2012 yilgi mavsumda Devid Karni "Bunyodkor" klubi sharafini, keyinroq Petar Franjich "Olmaliq" sharafini himoya qilgan edi.
Fikrlar