So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

"Lokomotiv": Antaliyadagi musobaqa yakunlari Yangiliklar

"Lokomotiv": Antaliyadagi musobaqa yakunlari

Teglar :  "Lokomotiv"
O'tgan hafta davomida "Lokomotiv" futbol maktabi tarbiyalanuvchilari Turkiyaning Antaliya shahridagi "Hane Cup" musobaqasida qatnashishdi.

Qayd etish kerak, 2004-2011 yillarda tug'ilgan futbolchilar o'z yosh toifalarida g'oliblik uchun bahs olib borishdi. "Lokomotiv" esa ushbu musobaqaga 2006, 2007 va 2009 yillarda tavallud topgan futbolchilardan iborat guruhlari bilan tashrif buyurdi.

Sunnat Ro'ziev boshchiligidagi 2006 yilgi guruhimiz 6 o'yinda 4 g'alaba, 1 durang va 1 mag'lubiyat qayd etgan holda o'z guruhida ikkinchi o'rinni egalladi:

"Lokomotiv-2006" - "Sochi" (Rossiya) 3:2

"Lokomotiv-2006" - "Manavgat Belediespor" (Turkiya) 2:0

"Lokomotiv-2006" - "Lokomotiv Perovo" (Rossiya) 1:1

"Lokomotiv-2006" - "Altin Tach" (Turkmaniston) 3:1

"Lokomotiv-2006" - "Lokomotiv Moskva" (Rossiya) 0:3

"Lokomotiv-2006" - "Al Birex" (Falastin) 4:0

SHuningdek, jamoa yarim himoyachisi Elnur Abduraimov o'z guruhining eng yaxshi futbolchisiga aylandi.

Sunnat Abdurasulov murabbiyligidagi 2007 yilda tug'ilgan futbolchilarimiz ham 3 g'alaba va 1 mag'lubiyat qayd etib, ikkinchi pog'onada qayd etilishdi.

"Lokomotiv-2007" - "Antalyaspor" (Turkiya) 2:3

"Lokomotiv-2007" - "Manavgat Belediespor" (Turkiya) 2:0

"Lokomotiv-2007" - JFL (Qo'qon) 2:0

"Lokomotiv-2007" - "Manavgat Kardalanspor" (Turkiya) 3:0

Jamoa hujumchisi SHoxrux Xudoyberganov o'z guruhidagi eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.

SHavkat Ahmedjanov murabbiylik qilayotgan 2009 yilgi guruhimiz esa 2 g'alaba, 1 durang va 3 mag'lubiyat qayd etdi va guruhda 4-o'rinni egalladi.

"Lokomotiv-2009" - "Lokomotiv Moskva" (Rossiya) 0:2

"Lokomotiv-2009" - "Beshiktosh" (Turkiya) 4:4

"Lokomotiv-2009" - "Smart" (Toshkent) 2:5

"Lokomotiv-2009" - "Manavgat Kardalanspor" (Turkiya) 3:0

"Lokomotiv-2009" - "Antalyaspor" (Turkiya) 0:1

"Lokomotiv-2009" - "Altin Tach" (Turkmaniston) 6:0

Jamoa forvardi SHaxzod Ravshanbekov o'z guruhining eng yaxshi futbolchisiga aylandi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика