“Lokomotiv” – “Al-Taavon”. O'yinni qatarlik hakamlar boshqarishadi

Narzulla Saydullayev
18 apr 2017, 14:32
Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 turniri “A” guruhi 5-turidan o'rin olgan “Lokomotiv” (O'zbekiston) – “Al-Taavon” (Saudiya Arabistoni) bellashuvini boshqaradigan hakamlar ma'lum bo'ldi.

Uchrashuv bosh hakami etib qatarlik Abdulrahmon Ibrohim al-Jassim tayinlandi. Qanotlarda uning hamyurtlari Tolib Salim al-Marri va Saud Ahmad al-Maqaleh ishlaydi. To'rtinchi hakam vazifasini ham qatarlik referi - Saud Ali al-Abda bajaradi.

Filippin vakili Richard Del Fonso Joson o'yin komissari bo'lib ishlaydi. Hakamlar nazoratchisi – Ali Hamad Madhad Saif al-Bedvavi (BAA).

“Lokomotiv” va “Al-Taavon” o'rtasidagi uchrashuv 25 aprel, seshanba kuni TTZ mavzesida joylashgan “Lokomotiv” stadionida bo'lib o'tadi. O'yin soat 17:00 da boshlanishi ko'zda tutilgan.

Ma'lumot uchun, “A” guruhi 4-turidan keyin “Lokomotiv” 4 ochko jamg'argan holda so'nggi, 4-pog'onada bormoqda. “Al-Taavon” hisobida ham 4 ochko mavjud, ammo jamoa “Lokomotiv”ni mag'lub etgani uchun o'zaro o'yinlar hisobida 3-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com