So’nggi yangiliklar

21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  0 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  1 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  1 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  1 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  1 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  10 19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   3 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  3 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  3 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2

"Lokomotiv" - "Al Rayan" uchrashuviga oid malumotlar Yangiliklar

"Lokomotiv" - "Al Rayan" uchrashuviga oid malumotlar

Teglar :  OCHL "Lokomotiv"
Bugun "Lokomotiv" OCHL guruh bosqichi oxirgi tur uchrashuvini o'tkazadi.

"Temiryo'lchilar" o'z uylarida Qatarning "Al Rayan" klubini qabul qilishadi. Uchrashuv 19:00da boshlanadi. Quyida mazkur bellashuvga doir malumotlarni keltirib o'tamitz. 


"Lokomotiv"

- "Lokomotiv" 2016 yil guruhdan chiqishni uddalab, chorak finalga qadar etib borgandi. SHundan beri qatorasiga uchinchi yil o'z ishtirokini guruhda yakunlayapti. 

- "Lokomotiv" bungacha o'z maydonida Qatar klublari bilan ikki marta bahs olib borgan. Jamoa 2015 yil "Al Sadd"ni 5:0 hisobida mag'lub etib, o'tgan mavsum "Al Duhayl"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan. 

- "Lokomotiv" ketma-ket 9ta o'yindan beri raqib darvozasiga to'p kiritib kelmoqda. Bu klub uchun eng yaxshi ko'rsatkich hisoblanadi.

- Jamoaning bu mavsum OCHLdagi eng yaxshi to'purari Temurxo'ja Abduxoliqov. Uning hisobida hozircha 3ta gol bor. 

- Bugungi uchrashuvni Davron Hoshimov sariq kartochkasi ikkitaga etgani tufayli o'tkazib yuboradi.

- "Lokomotiv" oxirgi o'yinini Superliga 9-tur doirasida "Bunyodkor"ga qarshi o'tkazib 0:0 hisobini qayd etdi.


"Al Rayan"

- "Al Rayan" guruh bosqichida 9-marta ishtirok etyapti. SHunga qaramay jamoa biror marta ham guruhdan chiqa olmagan. 

- "Al Rayan" bungacha safarda 26ta o'yin o'tkazgan bo'lsa, shundan faqat bittasida g'alabaga erishgan. Yagona g'alaba 2012 yil 1:0 hisobida "Nasaf" ustidan qo'lga kiritilgan. 

- "Al Rayan" bu yil guruh bosqchida 7ta gol urgan bo'lsa, shundan to'rttasi venesuelalik hujumchi Gelmin Rivasga tegishli.

- "Al Rayan" qatorasiga 13ta o'yindan beri o'z darvozasidan gol o'tkazib kelyapti. Har bir o'yinda o'tkazib yuborilgan o'rtacha gol 2,42ni tashkil etadi. 

- "Al Rayan" Qatar chempionatini 4-o'rinda tugatdi. SHuningdek, Amir Kubogida yarim finalga qadar borib "Al Sadd"ga mag'lub bo'ldi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика