So’nggi yangiliklar

08:20Sofascore. Кечаги учрашувда супер ҳаракат қилган Файзуллаев нечи баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:53Саудия Арабистон термаси аъзоси Европанинг номдор жамоасига кўчиб ўтмоқда  0 07:26Суперлига. Бугун Қаршида супер учрашув бор  2 04:10"Сизнингча, биз ҳаммамиз аҳмоқмиз ва терма жамоа учун яхшироқ бўлишини истамаймиз. Шундайми?"  2 03:41Тен Хаг "Манчестер Юнайтед" "Брайтон"га ютқазганидан кейин: "Ўтказиб юборган иккинчи голимизда битта эмас, бир нечта хатога йўл қўйдик"  3 01:43А Серия. "Интер" ва "Лечче" ўртасидаги баҳсда иккита гол урилди  0 01:21Винисиуснинг Саудия Арабистони варианти бўйича фикри қандай? У кетмоқчими?  3 01:00Ла Лига. "Барселона" - "Атлетик Бильбао", Ямаль ва Левандовскининг голлари "Барса"га ишончли ғалаба тақдим этди  4 00:55АПЛ. Захирадан тушган Троссард икки дақиқа ичида гол уришга эришди. 2-тур ўйинлари битта саҳифада  0 00:20А Серия. "Парма" ўз уйида «Милан»ни енгди, 2-тур ўйинлари битта саҳифада  3 00:10КХДР – Ўзбекистон учрашуви қаерда бўлиб ўтиши номаълум  1 00:02Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Атлетик" устидан қийин ғалабага эришди, Ямаль гол урди  69 00:00РПЛ. ЦСКА - "Акрон", Аббос рақиб футболчисининг қошини ёрди  0 23:44АПЛ. Артета Эмеридан реванш олди. "Арсенал" Бирмингемда ишончли ғалабага эришди  13 23:34Бунақаси ҳали бўлмаган: Свиридовнинг 4та жамоаси финалда!  0

"Lokomotiv" - O'zbekiston Superkubogi sohibi Yangiliklar

"Lokomotiv" - O'zbekiston Superkubogi sohibi

Teglar :  AGMK Lokomotiv
"Lokomotiv" hamda AGMK o'rtasida o'tkaziladigan O'zbekiston Superkubogi uchun bahs matnli transyalciyasini shu sahifada kuzati boring.

YANGILASH


- O'yin tugadi! "Lokomotiv" O'zbekiston Superkubogi sohibiga aylandi!

- Uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

88. Jamoalar navbati bilan juda xavfli hujumlar tashkil etishdi. Biroq yakuniy zarbani yo'llashda aniqlik etishmadi.

- "Loko"da o'zgarish: Abduxoliqov o'z o'rnini Raevacga bo'shatdi.

82. AGMKning hujumlari ancha keskin va xavfli tus olmoqda. Jasur Hasanovning zarbasi yo'liga Javohir Ilyosov tug'anoq bo'ldi. 

77. Gollllllll! Zafar Polvonov! 2:1! AGMK "Loko"ning ikkinchi goliga tezkor javob qaytardi. Jasur Hasanovning to'p oshirishidan so'ng Polvonov boshi bilan darvozani aniq nishonga oldi - 2:1!

- Yovan Jokich yangi jamoasining debyut uchrashuvidayoq sobiq jamoasi darvozasini ishg'ol etdi.

- "Lokomotiv"da o'zgarish: Jamshid Iskanderov o'rniga Aziz Haydarov tushdi.

74. Golllllll! Yovan Jokich! 2:0! Jarima zarbasidan so'ng Sultonov to'pni mushtlari bilan qaytarib yubordi, AGMKning sobiq futbolchisi Jokich esa jarima maydonchasi oldidan qaytgan to'pni darvozaga joyladi - 2:0!

72. "Lokomotiv" standart vaziyatini amalga oshirish huquqini qo'lga kiritdi. 

69. "Lokomotiv" va AGMK hisobdan kelib chiqqan holda o'ynashmoqda. AGMK ko'proq hujumga o'tishga urinmoqda, "Loko" esa qarshi hujumda raqibni ushlamoqchi.

68. "Loko"da ham o'zgarish: Oleg Zoteev o'rniga Igor Yelich maydonga tushdi.

62. AGMK safida taktik o'zgarish: Mirjamol Qosimov o'rniga hujumchi Jasur Hakimov maydonga tushirildi. Endi AGMK 4-3-3 taktik uslubidan 4-4-2ga o'tadi.

58. AGMKning hujumlari ancha keskin va xavfli tus olmoqda.

57. AGMKning xavfli hujumi! Mirjamol Qosimovning zarbasiga birozgina aniqlik etishmadi.

55. Husniddin G'ofurovning uzoqdan tepgan to'pini Sultonov ushlab oldi.

54. Jasur Hasanov tomonidan tepilgan to'p jonli devorga tegib darvozabonning qo'liga borib tushdi.

53. Sanat SHixov markazda Oleg Zoteevdan to'pni olib qo'ydi va oldinga intildi. Jarima maydonchasi oldida esa unga nisbatan qoida buzildi. Jarima zarbasi.

52. AGMK himoyachisi Saydullo Rahmatov hakam tomonidan ogohlantirildi.

49. AGMK to'p nazoratini o'z qo'liga olgan holda pozicion hujumga o'tishga urinmoqda.

46. Ikkinchi taym boshlandi!


45. Birinchi taym tugadi. Tanaffus!

44. AGMKning hujumi besamar ketdi.

42. "Lokomotiv" tanaffus oldidan hisobdagi ustunlikni yana oshirish imkoniyatiga ega bo'lgandi. Biroq oxirgi zarbani berishda biroz sovuqqonlik etishmadi.

39. AGMKda o'zgarish: Mirolyub Kostich o'rniga Marko Zochevich maydonga tushirildi.

36. O'yin tempi ancha pasaydi. AGMK o'yinni o'z jarima maydonchasi oldidan uzoqlashtirishga erishdi. Endi olmaliqliklar muvozanatni tiklash maqsadida oldinga intilishmoqda.

32. AGMKning oldingi chiziqdagi ishlari ko'ngildagidek davom etmayapti. Himoyada esa muammolar ko'zda tashlanib qolmoqda. 

29. "Lokomotiv"ning har bir hujumi xavfli tus olmoqda. SHunchaki darvozani "o'qlash"da ularga birozgina aniqlik etishmayapti.

27. Sanat SHixovning uzoqdan tepgan zarbasi aniq chiqdi, lekin bu darvozabon uchun ortiqcha xavf tug'dirmadi.

26. Navbatdagi xavfli hujum. Yana o'ng qanot orqali. Bu safar Diyor Turopovning zarbasiga aniqlik etishmadi.

25. Jamshid Iskanderovning jarima to'pidan tepgan kuchli zarbasi mo'ljalga aniq bormadi.  

21. O'yin tizgini "Lokomotiv" qo'lida. O'ng qanot orqali uyushtirilgan hujum xavfli tus oldi. Hoshimovning uzatmasiga zarba beradigan futbolchi topilmadi. Burchak zarbasidan esa "temiryo'lchilar" foydalana olishmadi.

19. AGMK navbatdagi hujumini markazdan tashkil etdi. Biroq ushbu to'p oshirilishiga olmaliqliklar tarkibidan hech kim ulgurmadi va natijada hujum besamar ketdi.

16. Xavfli vaziyat! Saydullo Rahmatov chap qanotdan uzatgan to'pni Mirjamol Qosimov darvozaga burishga urindi, ammo to'p futbolchi istagan yo'nalishga burilmadi.

12. GOOOL! Abduholiqov qanotdan etkazib berilgan to'pni boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi. 1:0

10. Davron Hoshimov maydon markazida tirsagi bilan raqib hujumchisi Zafar Polvonovga zarba berib yubordi. Uchrashuv to'xtatildi, shifokorlar tibbiy yordam ko'rsatishmoqda.

7. GOL! Ammo yon hakam bayroqchasini ko'tarib, o'yindan tashqari holat bor ekanligini ko'rsatdi. Abduholiqov jamoadoshi bergan zarbani egallab olishdan avval ofsaydda edi.

5. Davron Hoshimov o'z qanotida Jasur Hasanovni qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. 

4. Suhrob Sultonov o'yindagi ilk seyvni amalga oshirdi. 

3. Bugun bahsni tomosha qilish uchun stadionga ko'p 10 mingdan ortiq muxlis tashrif buyurgan.

1. Uchrashuv boshlandi.


- Marhum Sirojiddin Sayfiev xotirasiga bir daqiqa sukut saqlanmoqda.


O'zbekiston Superkubogi-2019.
"Lokomotiv" - AGMK 2:1
23 fevral 2019. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 18171 tomoshabin. 
Hakamlar: SHerzod Qosimov, Sanjar SHoyusupov, Andrey Capenko, Jasur Muxtorov.
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov.
PFL komissari: Erkin Baxtiyorov.

Gollar: Abduholiqov (12), Jokich (74) - Polvonov (77)

"Lokomotiv": 35.Javohir Ilyosov, 5.Anzur Ismoilov, 8.Jamshid Iskanderov (7.Aziz Haydarov, 74), 10.Sardor Mirzaev, 11.Temurxo'ja Abduxoliqov (9.Filip Raevac, 86), 17.Husniddin G'ofurov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 23.Yovan Jokich, 24.Davron Hoshimov, 33.Oleg Zoteev (88.Igor Yelich, 68), 77.Diyor Turopov
Zaxira: 12.Mamur Ikromov, 7.Azizbek Haydarov, 9.Filip Rayevac, 19.Avazbek O'lmasaliev, 70.Alisher SHog'ulomov, 71.Arslonmurod Omonov, 88.Igor Yelich.

AGMK: 32.Suhrobjon Sultonov, 4.Mirjamol Qosimov (15.Jasur Hakimov, 62), 5.Dilshod Jo'raev, 8.Sanat SHixov (36.SHahboz Umarov, 79), 9.Zafar Polvonov, 19.Jasur Hasanov, 22.Mirolyub Kostich (6.Marko Zochevich, 39), 23.Akmal SHorahmedov, 31.Saydullo Rahmatov, 33.Sardor Rahmonov, 44.Bobur Yuldoshev.
Zaxira: 45.Akbar To'raev, 6.Marko Zochevich, 11.Zohir Pirimov, 15.Jasur Hakimov, 20.Mirg'iyos Sulaymonov, 21.G'ulom Haydar G'ulomov, 36.SHahboz Umarov.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика