So’nggi yangiliklar

02:53Элит ОЧЛ. Энг яхшилар аниқланди  4 02:44"Машъал" "Бухоро"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 02:37Ла Лига. "Барселона" камбэк эвазига меҳмонда "Вальядолид"ни таслим этди  123 02:31Бундеслига. "Боруссия" ўз уйида "Вольфсбург"ни йирик ҳисобда таслим этди  0 02:00А Серия. "Наполи" ва "Интер" рақибларини минимал ҳисобда мағлуб этди  1 00:49Февзи Давлетов: "Пахтакор" биз кутгандай ўйнади, барча режаларимиз иш берди"  3 23:41РПЛ. "Рубин" меҳмонда "Краснодар"га мағлуб бўлди, Ашурматов захирада қолдирилди  1 23:31Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" финалда "Кавасаки Фронтале"ни мағлуб этиб, чемпионликка эришди!  20 23:09Туркия Суперлигаси. "Галатасарой" "Сивасспор"га қарши ўйинни биринчи бўлимдаёқ ҳал қилди, Турғунбоев захирада қолдирилди  1 23:05Педру Морейра: "Ўзбекистон чемпионати осон эмас. Йигитларим бугунга ўйинда охиригача ҳаракат қилиб, характер кўрсатишди"  23 22:52Миржалол Қосимов: "Яратганга шукр, бизни ҳаракатимизга яраша мукофотлади"  13 22:41Александр Хомяков: "Ҳафсалам пир бўлди"  53 22:38ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда "Араз" билан дуранг ўйнади, Раҳмоналиев биринчи бўлимнинг ўзида захирада майдонга тушди ва сариқ карточка олди  0 22:34Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Страсбур"га мағлуб бўлди  5 22:23Асрор Алиқулов: "Бухоро" ўз услубини ўзгартиргани йўқ. Биз эса қийин ғалабага эришдик"  7

Superliga. “Lokomotiv” AGMK ustidan irodali g'alabaga erishdi Yangiliklar

Superliga. “Lokomotiv” AGMK ustidan irodali g'alabaga erishdi

Teglar :  AGMK Lokomotiv
Superliganing 4-turidan o'rin olgan “Lokomotiv” – AGMK o'yini bo'lib o'tdi.
 

O'yinning 3-daqiqasida AGMK hujumchisi Zafar Polvonov hisobni ochdi - 0:1. Bahsning 12-daqiqasida mezbonlar yarim himoyachisi Jamshid Iskanderovning zarbasi noaniq ketdi. 

21-daqiqada Arslonmurod Amanovning uzoq masofadan bergan zarbasi darvoza ustuniga tegib, maydonni tark etdi. 23-daqiqada Amanovning burchakdan uzatgan to'pini Anzur Ismoilov darvozaga yo'lladi, biroz noaniq. 

27-daqiqada AGMK gol urgandi. Biroq Pirimovning goli vaqtida darvozabonga qarshi fol ishlatildi. Bunga etiroz bildirgan Boburbek Yuldoshev esa sariq kartochka ishlab oldi. 

38-daqiqada G'ofurovning qanotdan uzatgan to'piga Abduxoliqov boshi bilan zarba berdi. Ammo zarbaga aniqlik etishmadi. 39-daqiqada AGMKdan xavfli hujum. Mirjamol Qosimovning yaqin masofadan bergan kuchli zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

43-daqiqada Temurxo'ja Abduxoliqov hisobni tenglashtirdi - 1:1. 

45-daqiqada Islom To'xtaxo'jaev burchakdan uzatilgan to'pga boshi bilan zarba berib, hisobni o'zgartirdi - 2:1. 

60-daqiqada Temurxo'ja Abduxoliqov darvozabon bilan birga bir holatga chiqib borib, zarba berdi. Zarbaga kuch va aniqlik etishmadi.

71-daqiqada Yovan Jokichning xavfli zarbasi darvozaning yonidan o'tib ketdi. Keyingi daqiqada Zafar Polvonovning zarbasiga aniqlik etishmadi. 

90-daqiqada Aziz Amonovning zarbasini darvozabon ushlab oldi.



Lokomotiv

Temurxo’ja Abduxoliqov - 43', Islom Tuxtaxo’jayev - 45'

Superliga. 4-tur

14/04/2019, 16:45

1
:
2
Tugadi

OKMK

Zafar Polvonov - 3'

45'
90'
43'  Temurxo’ja Abduxoliqov
45'  Islom Tuxtaxo’jayev
46'  Arslanmirat Amanov (Azizbek Amonov)
80'  Husniddin G’ofurov (Diyor Turopov)
88'  Temurxo’ja Abduxoliqov (Filip Rayevac)
3'  Zafar Polvonov
46'  Mirolyub Kostich (Sardor Rahmonov)
46'  Murodjon Toshmatov (Kamron Saidazimov)
70'  Mirjamol Qosimov (Jasur Hakimov)



“Lokomotiv” – AGMK 2:1
14 aprel 2019 yil. Toshkent. TTYMI stadioni. 1819 tomoshabin.
Hakamlar:
Ravshan Ermatov, Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov, Abdurashid Hudoyberganov.
Nazoratchi: G'ayrat Karimov.
Komissar: Laziz Qo'chqorov.

Gollar: Zafar Polvonov 3, - 0:1. Temurxo'ja Abduxoliqov 43, - 1:1. Islom To'xtaxo'jaev 45, - 2:1.

"Lokomotiv": Javohir Ilyosov, Davron Hoshimov, Islom To'xtaxo'jaev, Anzur Ismoilov, Oleg Zoteev, Yovan Jokich, Jamshid Iskanderov, Sardor Mirzaev, Arslonmurod Amanov (Azizbek Amonov, 46), Husniddin G'ofurov, Temurxo'ja Abduxoliqov.
Zaxira: Mamur Ikromov, Azizbek Haydarov, Filip Rayevac, Avazbek O'lmasaliev, Bobur Ergashev, Diyor Turopov, Igor Yelich.

AGMK: Akbar To'raev, Akmal SHorahmedov, Dilshod Jo'raev, Boburbek Yuldashev, Saydullo Rahmatov, Mirolyub Kostich (Sardor Rahmonov, 46), Murodbek Toshmatov (Kamron Saidazimov, 46), Mirjamol Qosimov (Jasur Hakimov, 70), Zohir Pirimov, Jasur Hasanov, Zafar Polvonov.
Zaxira: Suhrobjon Sultonov, Sanat SHixov, Mirg'iyos Sulaymonov, G'ulom Haydar G'ulomov, SHahboz Umarov, SHerzod Fayziev.

Ogohlantirishlar: Boburbek Yuldashev 27.


Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика