"Lokomotiv" 2 nafar legioner bilan shartnoma imzoladi
01 fev 2018 19:18
Yangiliklar
"Lokomotiv" 2 nafar legioner bilan shartnoma imzoladi
“Lokomotiv” bugun mana shunday futbolchilardan 2 nafari bilan shartnoma tuzdi. Bular – Janubiy koreyalik hujumchi CHo Suk Jae hamda braziliyalik yarim himoyachi Nivaldo Rodriges Ferreyra.
CHo Suk Jae 24 yoshda bo'lib, u bungacha “CHonbuk Motors” jamoasi safida to'p surib kelayotgan edi. SHuningdek, bir muddat “CHonnam Dragons” hamda “Anyang” klublari sharafini ham himoya qilgan.

Braziliyalik Nivaldo esa 29 yoshda bo'lib, u bunga qadar Belorussiyaning “Dinamo Brest” jamoasi azosi edi. U faoliyati davomida Braziliyaning “Baraunas”, Qozog'istonning “Atirau”, Rossiyaning “Sibir”, “Luch Energiya” va Belorussiyaning “Gomel” kabi jamoalari safida faoliyat olib borgan.

SHu tariqa, "Lokomotiv" Osiyo CHempionlar Ligasida legionerlar limitidan to'liq foydalanadigan bo'ldi. Takidlab o'tamiz, “Lokomotiv” safida shuningdek, gruziyalik Kaxi Maxaradze va serbiyalik Igor Yelich kabi legionerlar mavjud.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar