So’nggi yangiliklar

07:34Элдор Шомуродов хайрлашув хатини ёзди  1 01:34"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин  1 01:08Расман: Элдор Шомуродов - "Истанбул Башакшеҳир" футболчиси!  10 00:59Тео Эрнандес: "Милан" мен учун энг асосийси эди, сўнгги пайтдаги чиқарилган қарорлар мени шу ерга етаклади"  5 00:25"Атлетик" футболчиси Альварес футболдан четлатилди  1 23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  3 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  6 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  14 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  0 20:00Фердинанд: "Энрике Дембелени суперюлдузга айлантирди, у Мбаппедан ҳам муҳимроқ футболчи бўлиб олди"  9 19:38"Динамо" футболчиси бошқа жамоага йўл олди  0

"Loko" "Paxtakor" va "Bunyodkor" uddalay olmagan ishni bajaradimi? Yangiliklar

"Loko" "Paxtakor" va "Bunyodkor" uddalay olmagan ishni bajaradimi?

"Lokomotiv" OCHL 2-tur doirasida Eronning "Zob Ahan" jamoasiga qarshi Isfahonda o'yin o'tkazadi.

"Temiryo'lchilar" Eronga 20 nafar futbolchi bilan yo'l olishdi. "Lokomotiv"da muhim bahs oldidan jiddiy yo'qotish mavjud. "Lokomotiv"ning braziliyalik legioner hujumchisi Nivaldo jarohati bois Isfahonga jamoa bilan birga uchmadi. Dastlabki turdagi bellashuvda kam daqiqa o'ynaganiga qaramasdan, muhim golni urgan va qisqa vaqt ichida iliq taassurot qolirishga muvaffaq bo'lgan futbolchining yo'qligi "temiryo'lchilar" uchun yo'qotish deyish mumkin. Lekin "Lokomotiv"ning hujum chizig'idagi kuchli raqobat Nivaldoni yo'qligini bilintirmasligiga umid qilamiz.

"Temiryo'lchilar"ning OCHLdagi o'yinlariga nazar tashlaydigan bo'lsak, jamoa atiga bir bor safarda g'alaba qozonishni uddalagan. O'shanda "Loko" aynan Eronda Bikmaev va Mirzaevning gollari evaziga "Sepaxon"dan ustun kelgandi.
SHuningdek, jamoa OCHLda safardagi oxirgi besh o'yindan buyon raqib darvozasini ishg'ol etolmayapti. Umid qilamizki, ushbu noxush seriyaga Isfahonda barham beriladi.

Miklyaev va Yelichich tandemi boshqaruvidagi "Loko" joriy mavsumda OCHLni har doimgidanda boshqacha boshladi. Birinchi turdagi yirik va ishonchli g'alaba "temiryo'lchilar"ga butun musobaqa davomida ko'tarinkilik bag'ishlashi mumkin. CHunki "Lokomotiv" bunga qadar OCHLni hech qachon g'alaba bilan boshlamagandi.

Raqib "Zob Ahan" haqida to'xtaladigan bo'lsak, eronliklar ichki chempionatda ayni vaqtda ikkinchi o'rinda borishmoqda. Jamoaga taniqli mutaxassis Amir G'alinoi murabbiylik qiladi. "Zob Ahan" to'p bilan muomulada bo'lib, ko'proq pas o'ynashni xush ko'radigan jamoa hisoblanadi. Texnik jihatdan isfahonliklar ancha kuchli. Hujumkor va tajovuzkor futbol namoyish etadigan "Zob Ahan" o'z uyidagi uchrashuvlarni yuqori darajada o'tkazadi. Raqibni zararsizlantirishning eng oson yo'li - "Zob Ahan"ni imkon qadar to'psiz qoldirishga erishish.

"Zob Ahan" shu kunga qadar o'zbek jamoalari bilan 4 bor guruh bosqichida to'qnash kelgan. O'z maydonida kechgan barcha bahslarda isfahonliklar "Paxtakor" hamda "Bunyodkor"ni mag'lub etishgan. Ushbu natijaning o'ziyoq raqibni qanchalik jiddiy jamoa ekanligini anglatib turibdi. Umid qilamizki, "Lokomotiv" "Zob Ahan"ning o'zbek jamoalariga qarshi Eronda bo'ladigan uchrashuvlardagi yoqimli seriyasiga nuqta qo'yadi.

Miklyaev va Yelichich raqibning uch nafar futbolchilari - Rajabzadeh, Tabrizi va Kirosdan ehtiyot bo'lishlari lozim. Ayniqsa markazda o'ynaydigan Rajabzadeh yuqori texnik salohiyatga ega va "Zob Ahan"ning o'yinini boshqaradigan etakchi figura sanaladi.

"Lokomotiv" birinchi turda "Al Vahda"ga hech qanday imkoniyat qoldirmagandi. "Zob Ahan" esa Qatarda "Al Duhail"dan mag'lub bo'ldi. "Zob Ahan" guruhdagi vaziyatni o'nglash uchun faqatgina g'alaba uchun kurashadi. "Lokomotiv" esa peshqadamlikni saqlab qolishni ko'zlayotgani aniq. Qatardan yarador bo'lib qaytgan "Zob Ahan" "Loko"ga "Al Vahda"dan ko'proq tashvish tug'dirishi aniq. "Lokomotiv" murabbiylar shtabi esa bunga qarshi kerakli chora ko'rishlariga ishonib qolamiz.

Muhimi, "Lokomotiv" qurg'oni tajovuzkor "Zob Ahan"ning hujumlariga dosh bersa bo'lgani. Qarshi hujumda esa "temiryo'lchilar" tezyurar poezdek harakat qila olish salohiyatiga egalar. CHunki "Loko"ning qanotlaridagi sardorlari yashil maydonda relsga tushgandek tezlik bilan harakatlanishadi.

Umid qilamizki, "Lokomotiv" Isfahonda "Paxtakor" va "Bunyodkor" uddalay olmagan ishni bajaradi.

Reyting: +45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика