"Loko" "Krumkachi" ustidan g'alaba qozondi
20 iyu 2016 00:59
Yangiliklar
"Loko" "Krumkachi" ustidan g'alaba qozondi
Toshkentning "Lokomotiv" klubi Minskdagi yig'in doirasida mahalliy "Krumkachi" jamoasi bilan nazorat o'yinida maydonga tushdi.
Ushbu bellashuvda "temiryo'lchilar"ning qo'llari baland keldi.
"Krumkachi"ning birgina goliga "Lokomotiv"dan Temurxo'ja Abduxoliqov, Sardor Mirzaev va Sadriddin Abdullaev o'z gollari bilan javob qaytarishgan.
SHu tariqa "Loko" bu galgi raqibi ustidan ham ishonchli g'alabaga erishdi.
"Lokomotiv" muxlislarini quvontiradigan yan abir xabar shuki, "temiryo'lchilar" himoyachisi Nemanya Yanichich uzoq tanaffusdan so'ng yana yashil maydonga qaytgan.
Jarohatidan forig' bo'layotgan Yanichich ushbu bahsda maydonga tushgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar