“Loko-2000″ – Hamid Rahmatullaev xotira turniri g'olibi
18 mar 2016 13:08
Yangiliklar


“Loko-2000″ – Hamid Rahmatullaev xotira turniri g'olibi
Mazkur turnirda ishtirok etgan “Lokomotiv” futbol maktabining 2000 yilda tug'ilgan tarbiyalanuvchilari yakunda birinchi o'rinni qo'lga kiritishdi.
Alisher Bozorov shogirdlari musobaqa davomida to'rtta o'yin o'tkazib, barchasida g'alaba qozonishdi. Dastlab “Andijon” 5:1 hisobida mag'lub etilgan bo'lsa, keyin “CHilonzor” 5:3 hisobida mag'lubiyatga uchratildi.
Yarim finalda “Buxoro” jamoasiga qarshi bahs olib borgan yosh “temiryo'lchilar” raqibdan 5:2 hisobida ustun kelishdi. Va nihoyat hal qiluvchi final o'yinida “Paxtakor” tarbiyalanuvchilari 1:0 hisobida dog'da qoldirdi. Final bahsida “Lokomotiv-2000″ga g'alaba keltiruvchi gol muallifi Hurmat Yuldashev bo'ldi. Biz Alisher Bozorov jamoasini xotira turniridagi ajoyib yutuq bilan tabriklab qolamiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar