So’nggi yangiliklar

16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  3 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  6 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  7 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4

Lochin Soliev: “Yana oliy ligada o'ynashga kuchim etadi. Lekin futboldan ko'nglim sovub ketmoqda” Yangiliklar

Lochin Soliev: “Yana oliy ligada o'ynashga kuchim etadi. Lekin futboldan ko'nglim sovub ketmoqda”

Andijonlik taniqli hujumchi Lochin Soliev so'nggi yillarda “burgutlar” safida o'ynab kelayotgandi.

Ammo 33 yoshli futbolchi bugungi kunda hech bir klub tarkibida ko'rinish berayotgani yo'q. Xo'sh, Soliev butsalarini mixga ilishga qaror qildimi yoki bunga boshqa sabablar bormi? SHu va boshqa savollarga javob topish maqsadida Lochinning o'ziga murojaat qildik. 

-Oliy liga jamoalarining mavsumga tayyorgarligi ayni qizigan pallaga kelgan bo'lsada, sizni hamon hech bir klub tarkibida uchratmayapmiz. Buni izohlaysiz?

- To'g'ri, hozir hamma jamoa tayyorgarlik zo'r bergan. Lekin men shunga qaramay uydaman. Bu yil yana futbol o'ynaymanmi yo'qmi, aniq bir qarorga kelmadim. Ochig'ini aytganda, futbol o'ynashdan ko'nglim sovub bormoqda. 

- O'tgan yili oyog'ingizni operaciya qildirganingizdan xabarimiz bor. SHundan so'ng tiklanish qiyin bo'lyaptimi?

- Bu borada muammo yo'q. Operaciya yaxshi o'tdi va tiklanish jarayoni ham ko'ngildagidek kechdi deb o'ylayman. Bugungi kunda yaqin do'stlarim bilan suniy maydonda mini futbol o'ynab turibman. 

- Sizni “Andijon” bilan rasman xayrlashdi desak bo'ladimi?

- Ha, jamoadan ketganim aniq. 


- Oldingizda boshqa variantlar bormi?

- Ochig'ini aytganda, hech bir klubdan jiddiy taklif bo'lmadi. 

- U xolda  birinchi liga jamoalaridan taklif tushsa qabul qilishingiz ham mumkinmi?

- Bilasizmi hozir oliy ligada ham bemalol o'ynab ketishimga ishonaman. Bunga aqlim va quch-quvvatim etadi. Lekin ishtiyoq so'nib bormoqda. So'nggi yillardagi men bilan yuz bergan omadsizliklardan so'ng hafsalam pir bo'ldi.  

- Omadsizliklar asosan jaroxat bilan bog'liq deb o'ylasizmi yoki boshqa sabablar ham bormi?  

- Eng avvalo “Andijon”da ishlagan murabbiylarning menga bo'lgan ishonchsizligini aytgan bo'lardim. Qolaversa ayrim kishilar menga boshida katta ishonch bildirib keyinchalik o'zgarib ketti. Futbolchi uchun eng kerakligi avvalo ishonchdir. Murabbiylar ko'pincha futbolchi etishmayotgan paytda foydalanganida, hafa bo'lib ketasan kishi. Nahotki shu darajaga tushib qoldik deya. Qolaversa aldovlar ko'p bo'ldi. Bu ham qaysidir manoda ruhan sindirdi. 


- Katta futbol bilan xayrlashish arafasida turibsiz ekanda?

- Oldindan bir nima deb bo'lmaydi. Yoshim o'tib borayotganini inobatga olsak, yoshlarga joy bo'shatish kerakligini tushunib boryapman. 

- Kelgusida o'zingizni murabbiy sifatida sinab ko'rasizmi yoki umuman boshqa sohaga o'tasizmi?

- Futboldan birdagina ketish ham qiyin. CHunki u mening sevimli mashg'ulotim bo'lgan. Mendan qanday murabbiy chiqishini esa vaqt ko'rsatib beradi. Futbolda ishlab, boshqa soha bilan ham shug'ullanishni reja qilganman. Farzandlarimiz katta bo'lmoqda. Ularni kelajakda yaxshi inson bo'lib etishib chiqishi uchun hozirdan xarakat qilishimiz zarur. 


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика