Lochin Soliev: Bu yil o'z o'yinimni yuz foizga ko'rsata olmadim
04 noy 2013 11:25
Yangiliklar

Lochin Soliev: Bu yil o'z o'yinimni yuz foizga ko'rsata olmadim
Birinchi ligada bu yilgi mavsumni omadli o'tkazgan “Andijon” jamoasi yana kuchlilar safiga qaytdi. Birinchilik bahslari yakunlanishiga uch tur qolganda andijonliklar oliy liga masalasini hal etishdi.
Ushbu muvaffaqiyatda tajribali hujumchi Lochin Solievning ham o'ziga yarasha hissasi bor. Yil boshida oliy liga jamoalaridan taklif tushgan bo'lishiga qaramay, Soliev “Andijon”da qolishga qaror qilgandi. Mavsum davomida hujumchi poker va dubllarni qayd etgan holda jamoaning eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi.
Qolversa, hujumchi birinchilik bahslarida raqiblar darvozasini 15 bor ishg'ol etib jamoaning eng yaxshi to'purari bo'ldi. Mavsum yakunlari to'g'risida Soliev bilan suhbatlashdik.
- Lochin, oliy liga yo'llanmasini muddatidan oldin hal qildinglar. SHu bois endi engil nafas olayotgandirsizlar?
- “SHerdor” ustidan qozonilgan g'alabadan keyin oliy liga masalasini hal qilgandik. SHunga qaramay, qolgan uchrashuvlarni ham muvaffaqiyatli o'tkazdik. Umuman olganda, mavsum boshidan faqat mana shu maqsad yo'lida kurash olib bordik. SHuning uchun bir yildayoq kuchlilar safiga qaytishimizga ishongandim.
- “Andijon” va “Mashal” boshqa jamoalardan yaqqol kuchli bo'lishgani uchun vazifa muddatidan oldin bajarildi deb hisoblaysizmi?
- To'g'ri, tarkibimiz nisbatadan kuchliroq hamda saviya jihatdan boshqa klublardan ustunroq edi. Tan olish kerak, birinchi ligada ko'p jamoalarning saviya past. Boshqalardan bir bosh ustunligimiz evaziga yo'llanmani qo'lga kiritdik.
- Oliy ligada to'p surgan futbolchilarga quyi ligada o'ynash oson bo'lgandir. Umuman mavsum siz qanday o'tdi?
- Yakunlangan mavsumda o'zimni yuz foizga ko'rsata olganim yo'q. CHunki bundan ham yaxshiroq o'ynay olishimga ishonaman. Bunga nima halaqit qildimi? Birinchi navbatda aytishim mumkinki, birinchilikda baribir oliy ligadaqa o'yinlar bo'lmaydi. Masalan, birinchi ligada fikrlab aql bilan o'ynaydigan jamoalar deyarli yo'q. Bundan tashqari maydonlarning holati juda yomon. Bunday maydonlarda o'yining chiqmaydi. Ayniqsa, safardagi ko'plab uchrashuvlarda o'yinimiz qovushmadi. SHu sababli “Oqtepa”, “CHust-Paxtakor” va “Zarashfon” jamoalariga yutqazib qo'ydik. Va albatta jarohat ham barqaror o'ynashimga to'sqinlik qildi. Birinchi bosqichda jarohat sababli 6ta uchrashuvni o'tkazib yuborishga majbur bo'ldim.
- Hujumchi uchun birinchi ligada 15ta golni qanday baholash mumkin?
- Albatta, bundan ham ko'proq gol bo'lishi kerak edi. 15ta gol ham o'z-o'zidan bo'lgani yo'q. Buning uchun jamoadoshlarimning ham yordami katta bo'ldi. SHu sababli jamoadoshlarimdan minnatdorman.
- “Mashal” ikkala uchrashuvda ham “Andijon”ni mag'lubiyatga uchratdi. Bu muborakliklarni kuchliroq ekanligidan dalolatmi?
- Bu jamoalar o'rtasidagi o'yinda bitta gol g'alaba taqdirini hal qilardi. Muborakda ham Andijonda ham shunday o'yinlar kechdi. To'g'ri, “Mashal” ham yaxshi shakllangan jamoa. O'zaro o'yinlarda omad ularga kulib boqdi.
- Joriy mavsumni oliy ligada o'tkazishingiz mumkin edi. “SHo'rtan” jamoasidan taklif tushgandi va malum vaqt g'uzorliklar safida bo'ldingiz. Lekin o'shanda birinchi ligani tanlab nima uchun “Andijon”ga qaytishga qaror qildingiz?
- “Andijon” birinchi ligaga tushib ketganidan so'ng oliy ligada faoliyatimni davom ettirish maqsadim bor edi. Boz ustiga “SHo'rtan”dan taklif tushgandi va G'uzorda o'ynash imkoniyati bor edi. Ammo birinchi ligaga tushib ketgan bo'lishiga qaramay “Andijon”da meni nimadir ushlab turdi. O'sha paytda ich-ichidimdan “Andijon”ni oliy ligaga qaytarishni burchim deb his qildim. Bundan tashqari murabbiylar va klubimiz prezidenti Zafar aka Zulunov ham qaytishimni xohlashgani katta turtki bo'ldi. Yani, rahbariyat nafaqat oliy ligaga olib chiqishni, balki kuchlilar safida muvaffaqiyat qozonadigan jamoa shakllantirishni maqsad qilgani ham qaytishimga sabab bo'ldi.
- Birinchi ligada avval ham o'ynagansiz, to'g'rimi?
- Ha, 2005 yilda ham birinchi ligada to'p surganman. O'sha vaqtdagi bilan hozirgi birinchi liga o'rtasida farq bor albatta. Lekin faqr u qadar katta emas. Yo'q emas, qisman bo'lsa-da o'sish bor. O'shanda birinchi ligada 28ta gol urganimni aytib o'tishim mumkin.
Ayni paytda Azamat Abduraimovning qo'l ostida to'p suryapsiz. Bu murabbiy bilan ishlash qanday bo'lmoqda?
- Azamat aka qiziqqon va ishga chanqoq murabbiy. SHuningdek, har bir futbolchi bilan til topishishga harakat qiladi. Bundan tashqari mashg'ulotlarni qiziqarli o'tkazadi. Murabbiyimiz bizga ishonch bildirgandi va bu ishonchni oqladik.
- Qanday fikrdasiz, “Andijon” hozirgi tarkib bilan oliy ligada munosib qatnasha oladimi?
- Menimcha, kelasi yili oliy ligada tarkibni yanada kuchaytirish kerak. Buning uchun jamoaga yaxshi saviyadagi o'yinchilarni jalb etish lozim. O'ylaymanki, murabbiylar elitada jamoani sezilarli darajada kuchaytirishadi. SHu o'rinda muxlislar ham fikr bildirmoqchi edim. Birinchi ligaga tushib ketgan bo'lishimizga qaramay, ishqibozlar har bir uchrashuvda bizni munosib qo'llabg'quvvatlashdi. O'zbekistonda “Andijon” klubining muxlislariga o'xshagan fanatlar yo'q. Oliy ligaga aynan ularning yordami bilan ham qaytdik. Buning uchun muxlislarimizga rahmat aytaman. Qolaversa, ularning ishonchini oqlash bizning burchimiz edi. Buni uddalab muxlislarimizni xursand qildik.

Fikrlar