So’nggi yangiliklar

16:54"Ливерпуль" "Бавария" футболчисини АПЛга қайтармоқчи  0 15:45Жаҳон чемпионатигача: Бентуда терма жамоани тайёрлаш учун қанча вақт бўлади?  15 15:23Ўзбекистон кубоги. "Динамо" ярим финалга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 15:10"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини "Милан"да давом эттиради  1 14:44Бенту бошқарган терма жамоалар мундиалларда нима каромат кўрсатган?  22 14:23Нкунку фаолиятини А Серияда давом эттиради (Фабрицио Романо)  8 14:15"Арсенал" яна бир трансфер бўйича келишувга эришди  0 14:06CAFA NATIONS CUP-2025 мусобақаси бошланмоқда. Эртага ўйинолди матбуот анжуманлари ва расмий машғулотлар бўлиб ўтади  4 13:45Бенту Ўзбекистон терма жамоаси тарихидаги 10-хорижлик мураббий бўлади. Аввалги ҳамкасблари қандай натижа кўрсатган?   34 13:03Бугун ЕЧЛга қуръа ташланади. Олма-отага кимлар келади?  7 12:43Конференциялар лигаси саралаши. Бугун Файзуллаев ва Шомуродов жамоаси жавоб учрашувида майдонга чиқади  5 11:34Эшитдик-да! Тимур Кападзе "Пахтакор" бош мураббийи бўлиши мумкин  69 10:48ПСЖ ва "Ювентус" ўзаро келишувга эришди  0 10:23"Челси" 24 йиллик анаънадан воз кечади  7 09:56Икич Фране: "Жамоамиз бу ўйинда ғалаба қозонишга ҳақли эди"  2

Lobanov - tanqidlarga loyiq darvozabon emas! Yangiliklar

Lobanov - tanqidlarga loyiq darvozabon emas!

Oxirgi paytlarda "Paxtakor" darvozaboni Aleksandr Lobanov juda ko'p tanqid qilinyapti.

Aslida u shunday tanqidlarga loyiqmi? Qaerda, qanday xatoga yo'l qo'ydiki tinmay tanqidlarga duchor bo'lmoqda? Quyida shu haqda mulohaza yuritib ko'ramiz.

Aslini olganda Lobanov O'zbekiston chempionati saviyasida yaxshi darvozabon. Unda ortiqcha vazn bor-yo'qligi bu darvozabondan ko'ra murabbiylar muammosi. CHunki har bir klubda darvozabonlar murabbiylari o'zlari bilan ishlaydigan ikki-uch darvozabonni doim nazorat qilib turishadi.

Agar Lobanovda ortiqcha vazn bo'lsa bu haqda murabbiy unga mudom uqtirishi va shu asosda jismoniy mashqlarni berib borishi lozim. Bugungi kunda Aleksandr Lobanov O'zbekiston terma jamoasining birinchi raqamli posboni hisoblanadi. Nima uchun? Har holda Samvel Babayanning yoqimtoyi bo'lgani uchun bo'lmasa kerak.


Lobanov ko'p tomonlama yaxshi darvozabon. O'yinni yaxshi o'qiydi, joy tanlashda adashmaydi, to'pga chiqishda xato qilmaydi, qolaversa, penalti va jarima to'plarini qaytarishda ham usta. Eng qizig'i, Lobanov qaerda tursa nimagadir raqiblar faqat o'sha tomonga to'pni tepishadi. Uning Janubiy Koreya va Eron bilan o'yinlarda yo'l qo'ygan xatosi esa uning o'rnida istalgan darvozabon bilan ham shu xatolar ro'y berishi mumkin edi.


Yani, aytmoqchi bo'lganim bu o'yinlarda biz darvozabon tufayli emas, balki butun jamoa va bosh murabbiy sababli mag'lub bo'lganmiz. Mana bugun "Nasaf" posboni Eldor Suyunovning "Paxtakor"ga o'tishi mumkinligi haqida xabar chiqdi. Lekin bu o'tish amalga oshgani bilan "Paxtakor" birdaniga kuchayib, "Nasaf" esa kuchsizlanib qolmaydi.



CHunki Suyunov hech bir jihati bilan Lobanovdan ustun emas. Qolaversa, hozirgi O'zbekiston chempionatida darvozabonlar katta rol o'ynamay qo'ydi. Klublarni ko'proq hujumchi muammosi qiynamoqda. Gol uradigan o'yinchilar kamayib ketdi. Vaziyat yaratish oqsab qoldi. Maydonda o'yinni o'z qo'liga oladigan futbolchilar ko'rinmayapti.

Albatta, bu mulohazadan so'ng Aleksandr Lobanovga tanqidlar, maqolaga etirozlar yanada avj olishi mumkin, lekin futbolni ichidan kuzatib yurganlar Sashaning qanday darvozabon ekanligini yaxshi bilishadi. Va o'ylashimcha, Lobanov "Paxtakor"dan ketadigan bo'lsa ham, u klubsiz qolib ketmaydi, boshqa bir kuchli jamoa safiga borib qo'shiladi.

X.Xoliqov

Reyting: -222   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика