So’nggi yangiliklar

18:53"Реал"нинг яна бир футболчиси жароҳат олди ва 8 ҳафтага сафдан чиқди  0 18:22Гари Невилл: "Бугун топ-футболчилар МЮга ўтишни истамаяпти"  1 17:37Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   5 17:22Футзал. Венесуэла футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  2 16:46Расман: Легионерлардан бири "Ал Насср" билан шартномасини бекор қилди  1 16:00⚡️Сречко Катанец бўлажак рақиб КХДР терма жамоаси ҳақида нималар деди?   7 15:49Де Росси маълумотни тасдиқлади  0 15:19"Ал Иттиҳод" "Арсенал" ярим ҳимоячиси бўйича расмий таклиф юборган  0 15:00⚡️Юсупов ёки Неъматов? Сентябрь ойидаги ўйинларда терма жамоа дарвозасини ким қўриқлайди? Катанец жавоб берди  13 14:18⚡️Сречко Катанец Париж-2024да иштирок этган Ўзбекистон олимпия терма жамоаси ҳақида қандай фикрда?   16 13:53ЖЧ-2026 саралаши. БАА терма жамоасига чақирилган футболчилар рўйхати маълум  5 13:24ЖЧ-2026 саралаши. Эрон бўлажак ўйинлар учун таркибини эълон қилди. Рўйхатда клубсиз футболчилар ҳам бор  8 12:49Тен Хаг "Манчестер Юнайтед" ўйини ҳақида: "Кечирасизлар, аммо тушунинг, мен Гарри Поттер эмасман"  20 12:23ЖЧ-2026 саралаши. Қатар бўлажак ўйинлар учун таркибини эълон қилди. Рўйхатда Испания клубидан чақирилган футболчи ҳам бор  5 11:54Футзал. Марокаш футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3

“Liverpul”da to'p tepadigan “samuray” Yangiliklar

“Liverpul”da to'p tepadigan “samuray”

Transfer oynasi ikki hafta oldin ochildi va "Liverpul" birinchi qishki transferni amalga oshirdi - "Red Bull Zalcburg"dan Takumi Minamino keldi.

24 yoshli yaponiyalik 4,5 yillik shartnomaga imzo chekdi. Bitim summasi oshkor etilmadi, ammo bundan oldin 7,25 million funt sterling miqdoridagi kompensaciya haqida yozishgandi. Minamino - hujumdagi universal o'yinchi. "Red Bull"da futbolchini "Zalcburgning haqiqiy yulduzi" sifatida ko'rishdi: Minamino Avstriya klubi uchun 199 o'yinda 64ta gol urgan.

Bu mavsum ham juda muvaffaqiyatli kechdi. Takumi chempionatning 14 o'yinida 5ta gol va 5ta golli uzatmani amalga oshirdi. CHempionlar Ligasida u 6 turda samarali harakat qilib, 2 ta gol, 3 ta assist qayd etdi. "Zalcburg" muxlislari Minamino bilan o'tgan oyning eng yaxshi o'yinchisi sifatida xayrlashishdi.

"Premer-ligada o'ynash - mening asosiy maqsadlarimdan biri. Menimcha, bu dunyodagi eng yaxshi liga. Men doim futbolchi sifatida yaxshi o'yin ko'rsatsam, bir kun kelib shu erga kelaman, deb o'ylardim. Ammo mening "Liverpul"ga kelishim xayolimga ham kelmagan edi", - deydi yapon intervyu berish chog'ida.



Minamino Klopp va "Liverpul" futbolchilarini yuzma-yuz uchrashuvlarda hayratda qoldirdi


"Qizillar" muxlislari Takumi haqida "Enfild"dagi "Red Bull"ga qarshi uy uchrashuvidan keyin gapirishni boshlashdi (4:3). Hamma Xollandning o'yinidan zavq olayotgan bir paytda, "Liverpul" muxlislari yaponiyaliklarni sotib olishga chaqirishdi.

Minamino jamoaning uchta golidan ikkitasida ishtirok etdi: avval u o'zi gol kiritdi, so'ngra Xollandga pas uzatdi. Takumining golidan keyin Kloppning yuzidagi ko'rinishiga ko'ra murabbiy transfer haqida o'ylay boshlagandi.

Klubga yaqin manbalar "Liverpul" ushbu o'yindan keyin yarim himoyachi borasida muzokaralarni boshlaganini yozdi. Dekabrdagi javob uchrashuvi ushbu transferning amalga oshishiga katta hissa qo'shdi. Minamino gol urmadi, ammo sheriklari uchun ajoyib vaziyatlarni yaratdi.
Ertasi kuni futbolchilar Yurgendan yaponiyalikni sotib olishni so'rashgan.

Malumotlarga ko'ra Virjil van Deyk va Jordan Xenderson mashg'ulotlarda Yurgen Kloppga murojaat qilishgan – murabbiy jamoa rahbarlaridan Minaminoni sotib olishni talab qilishini so'rashdi. Bunga javoban Yurgen faqat kulib qo'ydi: "Red Bull" bilan muzokaralar allaqachon so'nggi bosqichda edi.



Klub uzoq vaqt Minaminoni kuzatib bordi

Aslida, "Liverpul" Takumining nafaqat CHempionlar Ligasidagi o'yinlaridan, balki 2013 yildan beri kuzatgan, o'shanda Minamino "Sereso Osaka"da o'ynardi - 2015 yilning yanvarida uni "Red Bull" sotib olgan.

Klub yaponiyalik futbolchi haqida malumot to'pladi - "Liverpul" skautlar xizmatida nafaqat o'yin sifatlariga, balki futbolchining xarakteriga ham katta etibor berdi. Takumi mukammal edi.

Takumi katta akasi Kenta tufayli futbolga kirib kelgan. Akasi ham futbolchi edi. Bolaligida ularning otasi bolalarni driblingga o'rgatdi: to'g'ridan-to'g'ri mashinalar to'xtash joyiga o'quv konuslarini joylashtirardi - ular orasida bolalar tezkorlik bilan to'pni boshqarishardi. Kenta "Sereso" akademiyasiga ukasidan oldin kelgan. Kichik Minamino uchun bu turtki bo'ldi: Takumi hatto akasidan ham ustun kelib, professionalga aylandi.

Minaminoni Ronaldoning o'yinlaridan juda ilhomlanganini aytadi: Takumi 7 yoshida braziliyalikni kuzatdi va uning jamoasi 2002 yilgi Jahon chempionatida barchani dog'da qoldirganini tomosha qildi. U Ronaldoning texnik taraflarini o'rgandi. CHidamlilik va mehnatsevarlik uning akademiyasida o'qitilgan: u erda mashaqqatli mashg'ulotlar olib borilgan. Takumi har seshanba kuni maydon bo'ylab 4 km yugurishganini va keyin yuqori intensiv mashg'ulotlarga o'tishganini, aytib berdi.

Minamino "Liverpul"ning skautlar ro'yxatida bor edi, so'nggi ikki yil ichidagi rivojlanish klubni tezkor harakatlanishiga olib keldi. O'tgan mavsumda Takumi 14ta gol urdi va 10ta golli uzatmani amalga oshirdi (evrokuboklarda esa 5 gol va 2 assist). Bu yil qishgacha u 9ta gol va 11ta golli pasga ega.

24 yoshida yaponiyalik futbolchi Evropaning top klublari etiborini tortdi. Unga "Borussiya M", "Milan" va "Manchester Yunayted" kabilar qiziqish bildirgan.



Transfer muvaffaqiyatli kechishida "Liverpul" va "Red Bull" o'rtasidagi yaxshi munosabatlar sabab bo'ldi

"Liverpul" sport direktori Maykl Edvards olti hafta davomida muzokaralar olib bordi. Klublar juda yaxshi aloqada - buning evaziga Edvards birinchi bo'lib 7,25 million funt sterling pul to'lash varianti haqida bildi.

"Liverpul" futbolchini kamida ikki baravar qimmatga baholadi - klub Minamino 20 million funt atrofida turadi deb hisobladi. SHunday qilib, bitim foydali ko'rindi. Taqqoslash uchun: yozda "Liverpul" yosh o'yinchi Rayan Kentni "Reynjers"ga xuddi shu pulga sotib yubordi. Ammo "Red Bull" Minaminoni Yaponiyadan 720 ming funt evaziga olib kelgan.

"Bizning o'yinchimiz dunyoning eng yaxshi klubiga o'tgani bizning xalqaro obro'imiz o'sib borayotganidan dalolat beradi", - dedi "Red Bull" sport direktori Kristian Froynd.

"Biz bundan juda g'ururlanamiz. Biz ajoyib inson va ajoyib futbolchi bilan xayrlashyapmiz, u bilan birga besh yil davomida ko'plab ajoyib lahzalarni boshdan kechirdik. Unga "Liverpul"da omad tilaymiz".

"Liverpul" bu ozgina pul evaziga Osiyo bozorida jiddiy aktivni qo'lga kiritdi. Takumi nafaqat birinchi yaponiyalik, balki klub tarixidagi birinchi Osiyolik o'yinchi bo'ldi.

Maykl Edvards "Red Bull" tizimi bilan ikki yil oldin aloqa o'rnatgan. O'shanda "Liverpul" Nabi Keytning o'ziga xos transfer sxemasini kelishib oldi: bitim 2017 yilning yozida rasmiylashtirildi va o'tish jarayoni rasman bir yildan keyin amalga oshirilishi kerak edi - "RB Leypcig" Nabini CHempionlar Ligasidagi debyut uchun saqlab qolmoqchi edi. Qolaversa, Edvards Keytaning o'sha mavsumdagi muvaffaqiyati uchun bonus taqdim etdi: agar "Leypcig" CHempionlar Ligasiga yo'l olsa, 80 million olardi, ammo klub "uchib ketdi" va summa sezilarli darajada pasayib ketdi.

Klublar o'rtasidagi munosabatlar yaxshi edi. SHubhasiz, Klopp ham bunga hissa qo'shdi, u "Red Bull" tizimini tez-tez maqtaydi - Keyta va Mane bu yo'lni bosib o'tishgan. "Red Bull" yaqin orada "Liverpul"ga homiy sifatida kelishi mumkin degan fikrlar ham bor.
Kloppning kayfiyati chog'

Muzokaralar malum bo'lgach, Yurgen Klopp ishtirokidagi matbuot anjumaniga yaponiyalik jurnalistlarning tashrifi kuzatildi. Klopp ularni hazil bilan kutib oldi.

"Siz axir Yaponiyadansiz, matbuot anjumanida nima qilyapsiz?” Klopp jilmaygan holda jurnalistlarga shunday dedi: "O'ylaymanki, yaqin orada biz siz bilan tez-tez ko'rishamiz".

Yaponiyalik jurnalist Kloppdan yana bir futbolchi - SHinji Kagava haqida so'radi. Klopp kuldi ("Men u Minamino haqida so'ramoqchi deb o'yladim, u esa Kagava haqida so'radi!"), ammo u savolga mamnuniyat bilan javob berdi. Aytgancha, Kagava ham "Sereso" akademiyasining bitiruvchisi. Minamino akademiyada bo'lganida, u allaqachon asosiyda o'ynayotgan bo'lgan.


Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida Klopp Minamino haqidagi mish-mishlarga izoh berishdan bosh tortdi va kutishni so'radi. Nihoyat, o'tish jarayoni elon qilindi. Yurgen darhol Takumi haqidagi o'ylarini aytib berdi:

"Takumining sotib olinishi - ajoyib yangilik! Muxlislarimiz uning o'yinini jonli tomosha qilish imkoniyatiga ega bo'lishdi, shuning uchun uning mahorati haqida baland ovozda gapirishning hojati yo'q - ular allaqachon malum.

Takumi - tez va juda aqlli o'yinchi, kerakli joyni topishga qodir. U jasur, to'p bilan ham, to'psiz ham o'ynay oladi - haqiqiy jamoaviya o'yinchi. U sheriklari uchun qo'lidan kelganini qiladi.

Kloppni Minamino universal ekanligi hayron qoldirdi. U hujumda har qanday poziciyada harakat qilishi mumkin va yarim himoyada ham yaxshi tshp tepadi. Qaysidir manoda, o'yinchi oldingi Adam Lallanaga o'xshaydi - angliyalik yozda jamoani tark etishi malum, ammo uning o'rinbosari topildi.

Minamino yangi klubida 18-raqamni oldi - Dirk Kyuyt, Yon-Arne Riise, Maykl Ouen va Alberto Moreno aynan shu raqamda o'ynashgan.

Rasmiy ravishda, Minamino transfer oynasi ochilgan kuni, 1 yanvar kuni "Liverpul" o'yinchisiga aylanadi. 5 yanvar kuni esa Angliya kubogi doirasida "Everton"ga qarshi derbi kutib turibdi. Ushbu bahsda Klopp yangi futbolchini maydonga tushirishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Liverpul" bundan ikki yil oldin oxirgi qishki transferini amalga oshirgandi. SHuningdek, o'sha futbolchi Angliya kubogidagi debyutini "Everton"ga qarshi o'tkazgandi va darhol gol urgandi. Bu Virjil van Deyk edi!

Aziz o'quvchilar! Umid qilamizki, biz Osiyolik yangi yulduzni sizlar bilan birgalikda chin dildan qo'llab-quvvatlaymiz.
Etiboringiz uchun rahmat!


SHerzod Nurmatov tayyorladi.

Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика