"Liverpul"ning yangi o'yinchisi koronavirusga chalindi
05 sen 2020 10:10
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/590647_original.jpg)
![](/upload/storage/590647_220.jpg)
"Liverpul"ning yangi o'yinchisi koronavirusga chalindi
"Liverpul" va Greciya terma jamoasi himoyachisi Konstantinos Cimikas koronavirus infekciyasini yuqtirib oldi.
Cimikasning COVID-19 uchun topshirgan testi musbat natija berdi. Himoyachi tez orada Millatlar Ligasi doirasidagi Kosovoga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rayotgan Greciya terma jamoasi ixtiyorini tark etadi.
Cimikas "Olimpiakos" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U yakunlangan mavsum Greciya chempionati doirasidagi 20ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga erishdi.
Futbolchi 10 avgust kuni "Liverpul" bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Grek mersisaydliklar tarkibida 21-raqam ostida to'p tepadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar