"Liverpul"ning yangi o'yinchisi klubi safida debyut qila olmaydi
13 iyu 2019 18:12
Yangiliklar


"Liverpul"ning yangi o'yinchisi klubi safida debyut qila olmaydi
Angliyaning "Liverpul" klubi yangi futbolchisi Sepp van den Berg hozircha jamoaga yordam bera olmaydi.
Van den Berg "Liverpul"ning mavsumoldi o'yinlarida maydonga tusha olmaydi. Hamma narsa FIFAga bog'liqdir. Tashkilot futbolchining transferini tekshirishi kerak.
"Yosh gollandiyalik asosiy jamoada mashg'ulot olib borish huquqiga ega", - deyiladi xabarda.
17 yoshli Sepp van den Berg "Liverpul"ga "PEK Zvolle"dan o'tgan edi.
Futbolchi yakunlangan mavsum "Zvolle" tarkibida Erediviziyada 15ta o'yinda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar
10:52
"Real" Trentdan so'ng keyingi yil "Liverpul"ning yana bir asosiy himoyachisini tekinga olmoqchi 4

Fikrlar