So’nggi yangiliklar

21:00Суперлига. "Пахтакор" – "Хоразм" (матнли трансляция)  27 20:58Суперлига. "Динамо" - "Қизилқум" 0:0 (матнли трансляция)  0 20:40Суперлига. “Навбаҳор” яна гол ёмғирини ёғдирди — бу сафар “Қўқон-1912” таслим этилди  19 20:10"Бешиктош" — "Ризеспор". Таркиблар маълум  0 19:54"Ланс" собиқ бош мураббийи Уилл Стилл Англия клубига бош мураббий этиб тайинланди  2 19:25"Турон" — "Тобол". Таркиблар маълум  0 19:02Ла Лига. "Атлетико" ўйиннинг сўнгги қисмида "Жирона"ни тор-мор келтирди, Сорлотдан хет-трик. Мадрид клуби мавсумни учинчи ўрин билан якунлади  1 18:58АПЛ. Сўнгги тур ўйинлари учун таркиблар маълум  23 18:35"Ал Батаеҳ" — "Ал Ваҳда". Ғаниев ва Эркинов жамоалари ўртасидаги ўйин учун таркиблар маълум  0 18:16Муҳим беллашувга оз қолмоқда. Терма жамоа йиғинига ким қайси вақтда етиб келади?  6 17:47"Интер" 27 млн евролик трансферни амалга ошириши мумкин  0 17:13"Наполи" Аллегрига бир мавсум учун 6 миллион евро таклиф қилиши мумкин  0 16:22"Милан" Рейндерснинг нархини "Манчестер Сити"га маълум қилди  1 15:47"Арсенал" "Милан" етакчиларидан бирига қизиқиш билдирмоқда  1 15:17Расман: Хаби Алонсо — "Реал" бош мураббийи  12

“Liverpul”ning 7 yoshli saxovatpesha muxlisi haqida kichkina hikoya Yangiliklar

“Liverpul”ning 7 yoshli saxovatpesha muxlisi haqida kichkina hikoya

“Liverpul”ning 7 yoshli muxlisi Alfi Redfordning hikoyasi butun Britaniya ahli qalbiga iliqlik hadya etdi

“Liverpul”ning 7 yoshli muxlisi Alfi Redfordning hikoyasi butun Britaniya ahli qalbiga iliqlik hadya etdi. Otasi bilan CHempionlar ligasida “Liverpul”ning “Portu”ga qarshi o'yinini tomosha qilishga ketayotgan bolakay, yo'l-yo'lakay otasidan kam taminlangan, yordamga muhtoj oilalar uchun eguliklar to'playdigan fudbanklar haqida bilib oladi. Va 7 yoshli bolakayning qalbida ularga yordam berish istagi tug'iladi. Ota-bola yaqin oradagi supermarketdan bir qancha elim xaltalarni to'ldirib oziq-ovqat, eguliklarni sotib oladi. Alfi buning uchun barcha yig'ib yurgan pullarini sarflab yuboradi.

“Mening do'stim fudbanklarga yordam beradi, shu boisdan, o'g'lim Alfiga uning yoshidagi shahrimizning ko'plab bolalari ochlikdan qiynalishini tushuntirdim. Alfi esa ularga haqiqatdan ham yordam berishni xohlayotganini aytib, boshqa bolalarga yoqishi mumkin bo'lgan ko'plab eguliklarni sotib oldi”, — deb hikoya qiladi bolakayning otasi Tom.

Keyinroq esa Tom intervyularda birida Alfiga haftasiga 5 funtdan va qo'shimcha ravishda xursandchilik uchun 10 funt berishini malum qildi. 

Ota-bola Redfordlar eguliklar to'la elim xaltalarni, o'yinlar oldidan “Liverpul” va “Everton” stadionlarida navbatchilik qiladigan Fans Supporting ko'ngillilar harakatiga topshiradi.

Keyinroq ushbu harakat Alfini “Oyning eng yaxshi muxlisi” deb topdi.

Bu hikoyadan “Liverpul”ning chap qanot himoyachisi Endryu Robertson ham xabardor bo'lib qoladi. Robertson Alfining ko'ngilchanligini yuqori baholab, bolakayga maktub bilan Roberto Firminoning imzosi tushiriligan futbolkasini yuboradi.

“Qadrli Alfi

Bu “Liverpul”dan Endi Robertson

“Tvitter”da sening “Enfild”dagi fudbanklar uchun qilgan ishingni guvohi bo'ldim. 

O'zimdan malum, bolalikdagi cho'ntak pullari qanchalik muhim ekanligini tushunaman. 

Sen bu pullarga ko'plab narsalarni sotib olishing mumkin edi.

Ammo sen buni rad etib, qiyin paytlarni boshdan o'tkazayotgan, ko'makka muhtoj insonlarga yordam berganing shunchaki ajoyib!

Bu hikoyang bizga hattoki kichik g'amxo'rlik ham yaqinlarimizga o'ta muhim va zarur ekanligini ko'rsatmoqda.

Qilgan ishing uzoq vaqt xotiramdan o'chmaydi.

Sen boshqalar uchun ajoyib ish qila olding, va asosiysi qilgan ishing o'rniga ulardan hech narsa kutmading.

Aynan shuning uchun men seni mukofotlashni istayman.

Menda Roberto Firminoning bir futbolkasi bor edi. 

Men Robertodan unga sen uchun imzo qo'yib berishini so'radim. 

Kel, Alfi, to'g'risi, hech kim chap qanot himoyachisining futbolkasini olishni xohlamasligini bilasan, shu sabab senga Bobbining futbolkasini yuboryapman. 

Senga yoqadi deb umid qilaman. 

Jamoamizdagilarning barchasi sening qilgan ishing haqida bilishi uchun qo'limdan kelganini qilaman. 

Senga eng yaxshi tilaklarni tilayman, kichkina odam.

Endi”.

Maktubni olgan Alfi o'zida boshqacha hislarni tuydi. “U quvonchdan o'zida emasdi va yig'lardi. Bu ish uni kelajakda yanada saxovatli inson qilishga yordam beradi deb umid qilaman”, — deydi Alfining otasi Tom.

Asror Abdunazarov tarjimasi

Muallifning boshqa tarjimalari: 

Dris Mertens — shunchaki avliyo

“Allo, Onajon!” — Onasini er-u ko'kka ishonmaydigan Gabriel Jesus hayoti haqida kichkina qissa

Muhammad Salah — Yaqin SHarqni birlashtirgan qahramon

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика