“Liverpul”ning 2020/21 yilgi mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Eldor Akmurzayev
25 may 2021, 21:25
Mersisaydliklar rasmiy saytida muxlislar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnoma natijalari e'lon qilindi.

Unga ko'ra, Muhammad Saloh yakunlangan mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi. 28 yoshli forvard Fabino va Nataniel Fillipsni ortda qoldirdi.

Misrlik bu mavsum “qizillar” libosida 51 o'yinda maydonga tushib, 31 ta gol urdi. APLda esa u 22 gol bilan to'purarlar ro'yxatida ikkinchi bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/LFC