So’nggi yangiliklar

02:19Англия. Муҳаммадали Ўринбоев "Брентфорд B" таркибида гол урди ва жамоасининг ғалабасига ҳисса қўшди  2 01:18"Бавария" Тухелнинг ўрнини эгаллаши кутилаётган номзод билан музокараларни бошлаб юборди  1 00:52Икер Касильяс ЕЧЛ финалида "Реал" дарвозасида ким туриши кераклигини айтди  1 00:30Чемпионларни сақлаб қолиш: "Байер" ёзда кимларни йўқотиши мумкин? (мутолаа учун)  0 00:11"Реал" Мбаппе трансферини Чемпионлар лигаси финалидан сўнг эълон қилади!  7 23:30Ривалдо ЕЧЛ финали ҳақида: "Боруссия Д" ғалаба қозонади"  17 23:22Расман: Килиан Мбаппе июнь ойида ПСЖни тарк этишини эълон қилди  14 23:09Бразилия термаси Америка кубоги учун қайдномасини эълон қилди. Рўйхатда Каземиро йўқ  7 22:42Хуммельс ЕЧЛда ҳафта ўйинчиси деб топилди. Матс Винисиусни ортда қолдирди  5 22:20Про лигада 7-тур ортда қолди. Турнир жадвали қандай кўринишда?  1 22:03Футзал бўйича Олий лига. "Oil Star" "Навбаҳор"ни мағлубиятга учратиб, кумуш медалларга эга чиқди!  1 21:30ОФК Куала-Лумпур шаҳрида терма жамоалар мураббийлари учун конференция ўтказди. Катанец бу конференцияда кўриниш бермади  11 21:00Про лига. "Бухоро" йирик ҳисобда "Олимпик-MobiUz"ни мағлубиятга учратди  34 20:51Гнабри жароҳати сабаб мавсумнинг қолган қисмини ўтказиб юборади  2 20:35Ўша машҳур дўппи аукционда 50 миллион сўмга сотилди!  14

"Liverpul"ning 11 o'yini yoxud og'ir taqvim haqida Yangiliklar

"Liverpul"ning 11 o'yini yoxud og'ir taqvim haqida

30 noyabr kuni "Liverpul" mavsumning eng qiyin pallasini boshladi.

Jamoa bir oy davomida 11ta o'yinda maydonga tushadi. Etiborlisi, ularning ikkitasi (ketma-ket) turli qitalarda bo'lib o'tadi. Klopp bu o'yinlarda bir-biridan farqli tarkib qo'yishga majbur. "Mersisaydliklar" qiyin oyni boshdan o'tkazishadi. CHempionatdagi farqni yo'qotib qo'yish hech gap emas, ayniqsa "Liverpul"nikidek uncha uzun bo'lmagan zaxira o'rindig'i bilan.

Klopp qatiy gapirdi: "Angliya Liga Kubogi bor, u Futbol associaciyasi va Angliya futbol ligasini qiziqtiradi, lekin hech kim uning taqvimini tuzishda maslahatlashishni istamaydi. UEFA Millatlar Ligasini o'ylab topdi. Natijada, yigitlarning shundoq ham og'ir grafigidagi o'yinlar yana bir nechtaga oshdi. SHulardan keyin nega u yoki bu futbolchi, jahon yulduzi yuqori notada uzoq vaqt ushlanib qolmaydi, nega bir pastda yo'q bo'lib ketadi yoki og'ir jarohatlar olaveradi deb hayron ham bo'lib qo'yamiz.

Terma jamoa tarkibida o'ynaydigan va deyarli barcha katta musobaqalarda ishtirok etuvchi futbolchilarda yil davomida bor yo'g'i ikki hafta dam olish imkoniyati mavjud. Mane, Salax, Xenderson va yana ko'plab futbolchilar bir yilda faqatgina ikki hafta dam olishadi. Biz uchrashuvlarni muhim va yo'l-yo'lakay o'tadiganlarga bo'la olmaymiz. Muammoni hal etishning bir necha yo'li bor, lekin FIFA, UEFA, APL va boshqa liga rahbarlari futbolchilar haqida umuman o'ylashmaydi. Ular uchun hamyonlari muhimroq".



Germaniyalik mutaxassisni darhol qo'llab-quvvatlashdi. U kim deysizmi?! Xa, tushunib ulgurganingizdek, Pep Gvardiolaning poziciyasi ham huddi shunday: "Men Yurgenning fikriga to'liq qo'shilaman. Bizga kamroq o'yin va tiklanish uchun ko'proq vaqt kerak. Bilasiz, 27 va 29 dekabrda ham o'yin o'tkazamiz.

Bu borada anchadan buyon bahs-munozaralar bo'ladi, UEFA uchrashuvlarida bir necha marta bu mavzu ko'tarilgan. Men to'liq u tarafman". 

FIFA, UEFA va APLning imkoni boricha ko'proq pul ishlab olishga bo'lgan harakatini barcha yaxshi tushunib turibdi. Lekin bu futbolchilarning holatiga qanchalik yomon tasir qilmoqda va uning salbiy tasiri bormi? Keling, shu borada fikr yuritaylik.



Vaziyat qanchalik o'zgarganini tushunish uchun 20 yil ortga qaytamiz va misol tariqasida Gari Nevillni olamiz. U o'sha davrda "Yunayted"ning asosiy figuralaridan biri bo'lgan va o'yinlar soni bo'yicha faqatgina darvozabon SHmeyxelga yutqazardi. Demak himoyachining "Yunayted" tarkibida 98/99 yilgi mavsumdagi statistikasiga etibor qaratamiz. O'sha mavsum MYU trebl qayd etgan va mavsum davomida o'tkazish mumkin bo'lgan o'yinlar soni bo'yicha maksimal ko'rsatkich qayd etgan. Tarozining ikkinchi pallasiga Emerik Laportni tanlaylik. U o'tgan mavsum "Siti"ning o'zgarmas markaziy himoyachisi edi. Futbolchilar ishtirok etgan musobaqalar deyarli bir xil: Premer-Ligada 38ta o'yin, Angliya Kubogida 3 raunddan jamoa kurashga qo'shilgan, CHempionlar Ligasida faqatgina 1/8 final bosqichi bo'lmagan. Lekin o'sha vaqt APLning 2 jamoasi ECHL guruh bosqichiga saralash orqali o'tdi, yani o'yinlar soni yana tenglashdi. Nevill "qizil iblislar" uchun o'ta omadli mavsumda klub safida 54 o'yinda maydonga tushdi, Laportda esa bu ko'rsatkich - 51 o'yin. Har ikki futbolchi to'liqligicha asosiy tarkib azosi edi va himoyaning muhim o'yinchisi edi. Bundan kelib chiqadiki, klublar miqyosida hech bir futbol associaciyasi o'yinlar sonini u qadar oshirib yubormagan va Klopp hamda Gvardiola "pashshadan fil yasagandek" tuyuladi, ammo xulosa qilishga shoshilmang!



Endi terma jamoalar o'yinlariga o'tsak. Balki, aynan tillardan tushmay kelayotgan Millatlar Ligasi taqvimni keskin o'zgartirayotgandir. Bu erda Gari Nevill bizga yordam bera olmaydi va biz rakursni Angliya termasiga qaratamiz. Demak, yana o'tmishga sayohat. 20 yil oldin 98/99 yilgi mavsum Millatlar Ligasi hali rejada ham yo'q edi. Angliya termasi Evro saralashi va o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. Sentyabr-noyabr vaqt oralig'ida Angliya 4ta uchrashuv o'tkazdi, fevraldan  iyungacha 5ta, butun mavsum davomida 9 uchrashuv. Endi 18/19 yilgi mavsumni olamiz: Angliya Millatlar Ligasida ishtirok etdi. Etiborlisi, jamoa yarim finalga etib bordi va uchinchi o'rin uchun bellashuvda ham ishtirok etdi. O'yinlar deyarli o'sha-o'sha: sentyabr-noyabr va mart-iyunda bo'ldi. Angliya mavsumning dastlabki qismida 6 o'yin o'tkazdi, ikkinchisida 4ta. JCH-2014dan keyingi davrni olsak, 6 o'yin kuzda va mart-iyun oralig'ida 4 bellashuv. Hattoki, ko'pchilikka maqul kelmagan va musobaqa tizimi tushunarsizligi sabab etirozlarga sabab bo'layotgan Millatlar Ligasi ham futbolchilarni u darajada qiynab qo'yayotgani yo'q. Ha, 20 yil avvalgi davr bilan solishtirganda 1-2 o'yin ko'proqdir, lekin aynan shu 1-2 uchrashuv sabab sportchilar charchab qolayotgan deyish biroz mantiqdan yiroq. Vaholanki, Gvardiola va Klopp aynan shundan norozi. 

20 yil ilgari dekabr oyining qiyin kalendari qanday engib o'tilgan? O'shanda ham klublar o'rtasida JCH o'tkazilgandi-ku?! "Yunayted" juda oddiy yo'l tutdi, jamoa Angliya Kubogi va Liga Kubogidan voz kechgan. Yani dastlabki bosqichdayoq mag'lub bo'lib, musobaqani tark etgan. "Liverpul" hozir shunday yo'l tuta oladimi? Klopp "Liverpul" barcha musobaqalarni va tashkilotchilarni hurmat qilishi hamda hech kim bilan muammoli vaziyat hosil bo'lishini istamasligini aytib o'tgan. "CHelsi" 2013 yilda shunga o'xshash vaziyatda edi. Dekabr oyida tahminan shuncha vaqt oralig'ida 11 uchrashuv o'tkazgan. Yagona farqi "aristokratlar" ikki kun ichida 2ta o'yin, yana turli mintaqada o'tkazishi talab etilmagan. O'shanda ham "CHelsi" futbolchilari jarohatlangan, ochkolar yo'qotilgan va klublar o'rtasidagi Jahon CHempionati finali boy berilgan. To'g'ri, FIFA va APL taqvimni tuzishda etiborsizlik qilgan deyish mumkin, lekin ular taqvimni oxirgi pallada o'zgartirib yuboraverishmaydi. Buning shunchaki imkoni yo'q. Kelajakda bunday xatoga yo'l qo'yilmaydi. Umumiy qilib olganda boshqa jamoalar ham shunga o'xshash qiyinchiliklarga duch kelgan va bir amallashgan. SHu fikrlar bilan Klopp va Gvardiola fikrini butkul inkor etib, mavzuni yopib qo'yish mumkin edi, ammo muammoning ildizi boshqa joyda.



Uni tushunish uchun Gari Nevillga qaytamiz. U butun faoliyatini qanot himoyasida o'tkazgan. "Liverpul"da bu nuqtada Aleksandr-Arnold harakat qiladi. Mavsum davomida ular o'tkazadigan o'yinlar maksimal soni deyarli teng, biroq ularning ish hajmi-chi? Tabiiyki, yo'q. 20 yilda futbol jiddiy o'zgardi va fulbeklar bajaradigan ish ko'lami keskin oshdi. Ha, mayli 20 yil demang, oxirgi 5 yilni olaylik: qanot himoyachilari bir o'yin davomida amalga oshiradigan sprintlar soni 49tadan 55taga, futbolchi uchrashuv davomida bosib o'tadigan o'rtacha masofa esa 9.5dan 9.9kmgacha oshdi. Endi biz o'sha 20 yil avvalga qaytsak, bu tafovut undanda sezilarliroq bo'ladi. Bu bitta o'yinda bilinmas, lekin uzoq mavsum davomida-chi?

Bu kabi o'zgarishlar nafaqat fulbeklarning o'yinida yuz berdi, balki boshqa barcha chiziqlar vakili ham, hatto darvozabonlar ham o'zgardi. APL oxirgi mavsumidagi eng oldi jamoalar "Manchester Siti" va "Liverpul" o'yinlarini juda erta va kuchli pressing atrofida quradi. Endi bir eslab ko'ring, avvalgi avlod jamoalari shunday o'ynarmidi? Maurisio Pochettino qo'l ostidagi "Tottenxem" ham pressingga alohida etibor bergan va jismoniy toliqishdan, jamoaning tahminan eng chidamli futbolchisi Mussa Sissoko noligan. Futbolchilar ko'proq yugurishlariga to'g'ri kelmoqda, ko'proq kuch sarflashmoqda, ko'proq "qora ish" bajarishmoqda va bu ularning jismoniy ahvoliga tasir qilmay qolmaydi, albatta. Mavsum va o'yinlar soni o'sha-o'sha, lekin futbolchilarga talab kuchayib boryapti. 

Endi juda ayanchli bir faktga etiboringizni qaratamiz. 20 yil avvalgi davr bilan solishtirganda faoliyatini yakunlamay turli kasallik, yurak huruji bilan hayotdan ko'z yumgan o'yinchilar soni bir necha bor oshdi. SHeyk Tiote, Davide Astori va Dani Xark... Bu biz bilgan misollar... Bilmaganlarimiz qancha?! Bunday voqealar nafaqat futbol, balki butun sport jamoatchiligi fojeasidir. Ehtimol ular hali yashashi mumkin edi... Futbolni o'zgartirib bo'lmaydi - Klopp, Gvardiola va ko'plab iqtidorli murabbiylar natija keltirayotgan o'yin uslubidan voz kechmaydi. SHu sababli, o'zgarishlar boshqa tomondan bo'lishi zarur. FIFA va futbolga aloqador boshqa tashkilotlar birinchi navbatda futbolchilar haqida o'ylashlari lozim. Futbolchilar muxlislar uchun harakat qiladi, lekin "o'yinni mazza qilib tomosha qilishimiz" shunga arziydimi? Futbol o'zgarmoqda va associaciyalar zamondan qolib ketmasligi zarur. Katta musobaqalarni yo'q qilishni futbolchilarning o'zi ham istamasa kerak.



Muammoni hal qilishning oson yo'li bor. Ikkinchi darajali musobaqalar, misol uchun Angliyadagi Liga Kubogidan voz kechish. Tan olish zarur, bu musobaqada g'olib chiqish aksariyat futbolchilar uchun chin manoda obro'li hisoblanmaydi va u mamlakatning asosiy Kubok musobaqasidan "yoshi" bo'yicha ham ortda qoladi. SHu bilan birga ko'plab top-klublar ularga jiddiy etibor bermaydi. Asosiy tarkib futbolchilarini u o'yinlarda maydonga tushirishmaydi. Musobaqaning yo'q bo'lishi kimnidir rostakamiga ranjitishiga ishonish qiyin. SHuning o'zi taqvimni engillashtirishdagi katta qadam bo'ladi.



Millatlar Ligasidan voz kechish. Ha, biz aytib o'tganimizdek, bu musobaqa o'yinlar sonini keskin oshirmaydi, lekin u muxlislarning sevimli musobaqalari qatoridan joy ola olmadi. Terma jamoalarning o'yinlari klublar uchun alohida bosh og'rig'i desak mubolag'a bo'lmaydi. Misol uchun, klubidan soppa-sog' ketgan futbolchi hech nimani hal qilmaydigan o'yinda terma tarkibida jarohat olmoqda va bir, ikki oy, yarim yil, mavsum oxiriga qadar safdan chiqmoqda. Klubning unga bog'liq rejalari-yu, o'yin uslubi bilan hech kimning ishi yo'q. Bir necha soat avval shunga o'xshash holatdan milliy terma jamoamiz va Toshkentning "Bunyodkor" klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov tashvishda ekanligini malum qildi.

Klublarning o'zi ham hali Amerika, hali Avstraliyaga "sayohat" uyushtirishni qayta ko'rib chiqishi zarurdek. Aynan shu erda biz futbolning to'liqligicha biznes bo'lib ketayotganini yaqqol ko'ramiz. Tasavvur qiling, butun mavsumni Angliya, Ispaniya yoki Italiyada o'tkazadigan jamoa va uning futbolchilari, o'sha mavsumga er sharining umuman boshqa nuqtasida, boshqacha ob-havoda, namlik hamda ko'plab jihatlari farq qiluvchi sharoitda tayyorlanishlari qanchalik to'g'ri?



Bir narsa aniqki, taqvim juda tig'iz tuzilmoqda va bu o'yin sifatiga bevosita tasir o'tkazmoqda. Bizga o'zi nima kerak? Har birimiz muxlislik qiladigan jamoa va futbolchilar sifatli, yuqori darajada o'yin ko'rsatishi emasmi?! SHuning uchun ham Klopp hamda Gvardiolaning so'zlariga quloq tutish zarur!!!


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика