"Liverpul"ga o'tishi kutilayotgan futbolchini "Lids" ilib ketishi mumkin
28 mar 2021 14:36
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/627808_original.jpg)
![](/upload/storage/627808_220.jpg)
"Liverpul"ga o'tishi kutilayotgan futbolchini "Lids" ilib ketishi mumkin
"Lids" "Sevilya" yarim himochisi Lukas Okamposning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
"Football Insider" nashrining yozishicha, ingliz klubi futbolchini yozgi transferlar oynasi vaqtida tarkibga qo'shib olmoqchi. Futbolchining tovon puli 70 mln evro qilib belgilangan. Ammo klubdagi moliyaviy holat unchalik yaxshi bo'lmagani sababli, futbolchi arzonroq summaga ketishi mumkin. Uni ancha vaqtdan buyon "Liverpul" ham kuzatib bormoqda.
Ushbu mavsumda 26 yoshli futbolchi "Sevilya" tarkibida 36 o'yinda qatnashib, 7 gol va 4 assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilga qadar davom etadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar