So’nggi yangiliklar

16:46Расман: Легионерлардан бири "Ал Насср" билан шартномасини бекор қилди  0 16:00⚡️Сречко Катанец бўлажак рақиб КХДР терма жамоаси ҳақида нималар деди?   2 15:49Де Росси маълумотни тасдиқлади  0 15:19"Ал Иттиҳод" "Арсенал" ярим ҳимоячиси бўйича расмий таклиф юборган  0 15:00⚡️Юсупов ёки Неъматов? Сентябрь ойидаги ўйинларда терма жамоа дарвозасини ким қўриқлайди? Катанец жавоб берди  9 14:18⚡️Сречко Катанец Париж-2024да иштирок этган Ўзбекистон олимпия терма жамоаси ҳақида қандай фикрда?   14 13:53ЖЧ-2026 саралаши. БАА терма жамоасига чақирилган футболчилар рўйхати маълум  5 13:24ЖЧ-2026 саралаши. Эрон бўлажак ўйинлар учун таркибини эълон қилди. Рўйхатда клубсиз футболчилар ҳам бор  6 12:49Тен Хаг "Манчестер Юнайтед" ўйини ҳақида: "Кечирасизлар, аммо тушунинг, мен Гарри Поттер эмасман"  18 12:23ЖЧ-2026 саралаши. Қатар бўлажак ўйинлар учун таркибини эълон қилди. Рўйхатда Испания клубидан чақирилган футболчи ҳам бор  5 11:54Футзал. Марокаш футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  1 11:40Жейдон Санчо: "Тўғрисини айтсам, ёшлигимда Дидье Дрогба ва Фрэнк Лэмпард кумирларим эди"  6 11:11Карикатура: Каземиро "Олд Траффорд"да "Ливерпул"га эшикларни очиб берди  7 10:33Муҳаммад Салоҳ келаси ёзда "Ливерпул"ни тарк этиши мумкинлигини маълум қилди  0 09:51Эрик тен Хаг: "Мен сиздек инсонларга ачинаман"  17

“Liverpul”ga borib malaka oshirib kelishni istayotgan PRO-Ligadagi eng yosh murabbiy Islombek Ismoilov bilan suhbat Yangiliklar

“Liverpul”ga borib malaka oshirib kelishni istayotgan PRO-Ligadagi eng yosh murabbiy Islombek Ismoilov bilan suhbat

Marg'ilonlik iqtidorli murabbiylardan biri bo'lgan Islombek Ismoilovning bugungi kunda tanimagan futbol muxlisi bo'lmasa kerak.

27 yoshli Ismoilov murabbiylikka erta qadam qo'yib, soxada bosqichma-bosqich ildamlab bormoqda. Joriy mavsum PRO-Liga “B” mintaqasida debyut mavsumini o'tkazgan Farg'ona viloyati, O'zbekiston tumanining (Yaypan) “Turon” jamoasi bilan g'oliblikni qo'lga kiritgan Islombek Ismoilov matbuotda ham tez-tez chiqish qilib turishlari bilan faollik ko'rsatmoqda deyish mumkin. CHuqur fikrlab, doimo halollik sari intilib, otasi Murodbek Ismoilovning maslahatlariga quloq tutadigan yosh murabbiy bu yil faoliyatidagi dastlabki sezlilarli yutuqni qo'lga kiritdi.

Yodingizda bo'lsa kerak, “Turon” jamoasini avvaliga qo'qonlik taniqli mutaxassis Bahrom Hakimov boshqarib kelayotgandi. CHempionatning dastlabki turlari ortda qolgach, Hakimov istefoga chiqdi. So'ngra rahbariyat bosh murabbiy postiga hech ikkilanmasdan, 27 yoshli Ismoilovni taklif etdi. Bunga qadar Marg'ilon shahridagi “Farovon” bolalar futbol akademiyasida yoshlar bilan ishlab kelayotgan mutaxassis Islombek Ismoilov “Turon” jamoasidan bo'lgan chaqiruvga rozilik berib, jamoada astoydil mexnat qildi va yakunda rahbariyatning ishonchini oqlashga muvaffaq bo'ldi.

Yaqinda Islombek Ismoilov bilan ortda qolgan mavsum yakunlari va kelgusi rejalar haqida suhbatlashdik.

- Islombek yakuniga etgan Pro-Liga musobaqasida boshqaruvingizdagi «Turon» jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi. Bunga qanday erishildi deb o'ylaysiz?

- Albatta, joriy mavsum nafaqat men uchun balki «Turon» futbol klubi uchun ham unitilmas yil bo'ldi. Sababi murabbiy sifatida ilk bor Professional yutuqqa erishdim. Buning barobarida ushbu yutuq «Turon» futbol klubi uchun ham tarixiy g'alabaga aylandi. Bilasiz, g'alabalar va sovrinlar o'z-o'zidan qo'lga kiritilmaydi. Tabiiyki, buning zamirida ulkan mexnat va mashaqqat yotadi. Masum boshida klubda tizimni to'g'ri yo'lga qo'yish uchun bir qancha ishlarni olib bordik. Xatto mayda narsalarga ham professional tarzda yondoshildi. Eng muhimi, biz bir oila bo'la oldik. Zamonaviy futbolda ham bu omillar yuqori o'rinda turadi. Erishilgan muvaffaqiyatda klubdagi barcha ishchi xodimlarning o'rni beqiyos ekanligini alohida takidlab o'taman.



- Pro Liga “A” mintaqasiga o'tish bosqichida ham «Turon» ijobiy natijalarga erishdi. SHogirdlaringizning xarakatlaridan to'liq qoniqish xosil qilgan bo'lsangiz kerak?

- Yigitlar butun mavsum mobaynida bor imkoniyatini ishga soldi. SHunday ekan ulardan qoniqmadim desam noto'g'ri bo'ladi. Tarkibdagi futbolchilar o'z oldilariga qo'yilgan vazifani alo darajada bajardi. Buning uchun ulardan minnatdorman.

- Ilgari Pro Ligada “Yozyovon-Lochinlari” jamoasini boshqargan paytingizda moliyaviy muammolarga duch kelingan xolatlar ham bo'lgan. Bu borada «Turon»da vaziyat qanday?

- «Turon»da barchasi alo darajada. Klub qisqa muddatda jadallik bilan rivojlanmoqda. Buni – qayd etilayotgan natijalardan ham bilib olish mumkin. Klub raxbariyatiga raxmat aytsak arziydi. Ular bizni har jabxada qo'llab-quvvatlab, yolg'izlatib qo'yishmayapti.

- Bu yil boshqaruvingizdagi jamoa ijobiy natijalarga erishdi. Murabbiy sifatida falsafangizni qanchalik amalga oshirdim deb hisoblaysiz?

- Sportda o'z ishingizdan to'liq qoniqishingiz qiyin. Agarda kimdir shunday deb hisoblasa, o'sishdan to'xtab qolishi tabiiy. Murabbiy sifatida hali ko'plab yutuqlarni qo'lga kiritishni istayman. Qaerda ishlashimdan qatiy nazar, har doim g'oliblik uchun kurashganman. Sababi biz murabbiymiz. SHunday ekan muxlislar bizdan xar doim g'alaba kutadi. Qancha yutuqlarni qo'lga kiritmaylik, bizdan yanada yuqori natijalarni talab qilishadi. Bu - murabbiyning faoliyatidagi o'zgarmas bir qismi deb bilaman. SHuning uchun erishilgan muvaffaqiyat bilan cheklanib qolmoqchi emasman.

- Tarkibga nazar tashlasak, yosh jihatdan sizdan kattalar ham borligini ko'rish mumkin. Ular bilan ishlashda ortiqcha muammolarga duch kelinmayaptimi?

- Har bir ishni o'ziga yarasha qiyin va aksincha taraflari bo'ladi. Agar siz o'ylagan maqsadingizga erishmoqchi bo'lsangiz, hamma bilan til topisha olishingiz muhimdir. U xoh yosh bo'lsin yoki katta. Lekin hozircha bu borada hech qanday muammoga duch kelganim yo'q.

- «Turon» boshqaruvini qo'lga olguningizga qadar akademiyada yoshlar bilan ishlab kelayotganingizni yaxshi bilamiz. Malum muddat o'tib, yana katta futbolga sho'ng'ib ketish qiyinchilik tug'dirmadimi?

- Har bir ishning debochasi qiyin bo'lgani kabi, menda ham boshida ozgina qiyinchiliklar tug'ildi. Sababi to'satdan masuliyatli bu lavozimga tayinlanishim men uchun katta tavakkal ish edi. Lekin qachondir bu ishni boshlashim kerakligini yaxshi tushunib turgandim. Yaratganga shukur, yakunda yuzimiz yorug' bo'ldi.

- Bugungi kunda xatto Superliga klublari yig'inni boshlamagan bir paytda, «Turon» o'z qarorgohida kelasi mavsum uchun tayyorgarlikni ko'ra boshladi. Bundan chiqdi, jamoangiz oldiga rahbariyat tomonidan jiddiy vazifalar qo'yilmoqdami?

- To'g'ri, malum muddatlik tanaffusdan so'ng, barchadan avval yangi mavsum tayyorgarligiga kirishdik. Albatta bu bejiz emas. Xabaringiz bo'lsa kerak, joriy yilning 10 dekabr kunidan Respublikamiz bo'yicha ochiq-konkurs elon qilganmiz. Yani bu konkursda futbolga qiziqqan istalgan yigit qatnashishi mumkin edi. Bu ko'rik tanlov orqali bir qator yoshlarni ko'zdan kechirdik. Ilk tashkillashtirilgan ko'rik tanlovimiz samarali o'tdi deyish mumkin. «Turon» har doim o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yadi. Rahbariyat ham 2020 yil uchun jamoa oldiga maksimal vazifalarni belgilab berdi. Buning uchun jamoaga zarur barcha shart-sharoitlar yaratib borilmoqda.



- Har bir bosh murabbiy o'z yoniga doimo tajribali mutaxassislarni jalb etish orqali, o'ziga biroz qulaylik yaratishga urinadi. Sizda ham bunday rejalar bormi?

- Murabbiylik faoliyatimni boshlagan kunimdan boshlab men uchun eng maslaxatgo'y yordamchi inson bu Otam dir. SHu kungacha erishgan yutuqlarimda otamni mexnatlari va maslahatlari beqiyosdir. Bu ham mening eng katta kuchli tomonlarimdan biridir. Hozirda ikkalamizni jamoalarimiz boshqa bo'lganligi sababli bu mavsumdan menga uzoq yillar “Neftchi”da faoliyat yuritgan tajribali futbolchi Baxtiyor Yoqubov endi murabbiylikda yordam beradi. SHu o'rinda murabbiylar shtabimizda bir qator tajribali yosh murabbiylar bor.

- Keyingi mavsumga «Turon»ning tarkibi nechchi foizga o'zgarishi mumkin?

- Yangi mavsumdan jamoaning tarkibi 80 % ga o'zgaradi. Jamoa tarkibida xarakat qilgan bir qator futbolchilar bilan klub do'stona ravishda xayrlashdi. CHunki xabaringiz bor, keyingi yildan «Turon» Pro liga “A” mintaqasida ishtirok etadi. SHuni inobatga olgan xolda, hozirda bir qator tajribali futbolchilar bilan muzokara olib borilmoqda. Bu xaqda ular bilan rasman shartnoma imzolangandan keyin keng ommaga malum qilamiz.

- Yangi mavsumga tayyorgarlik rejasi tasdiqlandimi?

- Albatta, klub rahbariyati tomonidan tayyorgarlik rejasi tasdiqlangan. Rejaga binoan asosiy jamoa 15-28 dekabr kunlari O'zbekiston tumanidagi klub qarorgohida qisqa muddatli yig'in tashkil etadi. SHundan so'ng yangi yil bayrami munosabati bilan jamoa azolari 3 yanvarga qadar tatilga chiqadi. 3-9 yanvar kunlari yana o'z qarorgohimizda yig'ilib, tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini olib boramiz. 10 yanvardan 22 yanvarga qadar esa Toshkent shaxrida o'quv-yig'in mashg'ulotlari o'tkaziladi. Poytaxt yig'ini yakuniga etgach, yigitlarga yana biroz dam beriladi va 25 yanvardan Farg'ona shahrida start olishi kutilayotgan “Viloya hokimi Kubogi” turnirida ishtirok etamiz.
Tayyorgarlik rejasiga ko'ra, fevral oyida yana Toshkentda malum muddatlik yig'in tashkil etiladi. SHu tariqa yangi mavsumga hozirlik ko'rib boramiz.

- Pro Liga formati bo'yicha qanday takliflarni bergan bo'lardingiz?

- Bo'lajak mavsum PRO-Ligada ham huddi Superliga tizimidek 14ta yoki 16 ta jamoa ishtirokida ikki davralik musobaqa tashkil etilsa barchaga maqul bo'lardi degan fikrdaman.

- Murabbiy sifatida yanada shakllanib borish uchun qaysi mutaxassisni yonida ishlashni xoxlaysiz? Umuman olganda, qachondir xorij klublariga safar uyushtirib, malaka oshirib kelish rejangiz bormi? Agarda shunday imkon tug'ilsa, qaysi klubni tanlagan bo'lardingiz?

- Xozirgi kunda “Liverpul” ustozi Kloppning faoliyati men uchun juda qiziq. Agar imkoni bo'lsa Angliyaga borib, “Liverpul”da malaka oshirishni istardim.


Fayzulla suhbatlashdi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика