So’nggi yangiliklar

19:11CAFA Nations Cup. Ўзбекистон – Туркманистон (матнли трансляция)  0 18:48CAFA Nations Cup. Кейруш бошчилигидаги Ўмон охирги дақиқаларда гол уриб, Қирғизистонни ютиб кетди  28 18:33Ўзбекистон - Туркманистон. Асосий таркибимиз маълум  18 18:33"Қайрат" – "Реал" учрашувига 4-5 минг сайёҳ келиши кутилмоқда  0 18:05"Қайрат"нинг Чемпионлар Лигасидаги ўйинлари Остонада ўтказилиши режалаштирилмаган  1 17:38"Астон Вилла" "Ливерпуль" хавбеки билан шартнома имзолади  3 17:10"Бавария" "Челси" ҳужумчисини ижарага олди  6 16:41"Комо" Деле Алли билан шартномани бекор қилди  0 16:14"Челси" Буонанотте трансферини расмийлаштирди  4 15:23"Ал Насср" Ал Нассирни сотиб олди  4 14:56"Ноттингем Форест" "Арсенал" футболчисини ижарага олди  0 14:30Ла Лига етакчиларидан бири "Олтин бутса" соҳиби билан шартнома имзолади  0 14:10Расман: Доннарумма – "Манчестер Сити" янги дарвозабони!  8 13:44Хави Бундеслигада иш бошлаши мумкин  0 13:15"Астон Вилла" Виктор Линделёфни сафига қўшиб олди  0

"Liverpul" yozda transfer qilishi kerak bo'lgan 5 futbolchi Yangiliklar

"Liverpul" yozda transfer qilishi kerak bo'lgan 5 futbolchi

Teglar :  Liverpul
Ayni damda Angliyaning eng kuchli jamoalaridan biri - "Liverpul" yangi mavsumda kuchayishi uchun bir necha futbolchilarni sotib olishi kerak.

5. MAKS MEYER

Tug'ilgan yili: 1995 yil 18 sentyabr
Poziciyasi: yarim himoyachi
Jamoasi: "SHalke-04"
Bu mavsum chempionatdagi natijalari: 24 o'yin

Meyer - Bundesliganing yosh yulduzlaridan biri. 22 yoshli futbolchining xizmatlariga bir qator grand jamoalardan qiziqishlar bo'lmoqda.

Germaniyalik futbolchining top uzatishlari aniq va chiroyli chiqmoqda. O'yinni yaxshi o'qiydi va maydonni yaxshi ko'ra oladi.

Meyer yozda erki agentga aylanadi. SHu boisdan "Liverpul" uni yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Emre Janning o'rnida o'ynatishi mumkin.

4. RUBEN NEVES

Tug'ilgan yili: 1997 yil 13 mart
Poziciyasi: yarim himoyachi
Jamoasi: "Vulverxempton"
Bu mavsum chempionatdagi natijalari: 41 o'yin, 6 gol

Uning nomi ko'pchilik tomonidan tan olinmayotgan bo'lsa-da, Angliya futbolidagi eng yorqin futbolchilardan biri. U klub tarixidagi rekord darajadagi transferlardan.

Ingliz jamoasi 21 yoshli futbolchini "Portu"dan 17 mln evroga sotib olgan. Ilk mavsumning o'zidayoq 41 uchrashuvda maydonga tushib, barcha umidlarni oqladi.

Portugaliyalik superpaslar ustasi. SHuningdek, standartlar vaziyatlardan yaxshigina foydalana oladi. SHu boisdan, "Liverpul"ning o'yin uslubiga mos tushadi va zaxirada o'tirib qolmaydi. Biroq "bo'rilar" uni kichik summaga qo'yib yubormasa kerak.

3. JORJINO

Tug'ilgan yili: 1991 yil 20 dekabr
Poziciyasi: yarim himoyachi
Jamoasi: "Napoli"
Bu mavsum chempionatdagi natijalari: 30 o'yin, 2 gol

So'nggi paytlarda ko'pchilikning tiliga tushgan futbolchilardan biri. U bu mavsumni zargarona tarzda o'tkazmoqda va bir necha grand jamoalar nazariga tushgan.

Italiyalik futbolchi bu mavsumda barcha turnirlarda 36 uchrashuvda qatnashdi va 4 gol urib, shuncha golga assistentlik qildi. CHiroyli paslar berishidan tashqari, himoyachilarga ham yordam beradi.

Uning agenti aytishiga ko'ra, mijoziga Manchester jamoalaridan qiziqishlar bo'lmoqda. Biroq u "Liverpul"ning o'yin uslubiga mos tushadi va Jeyms Milner va Emre Janning o'rnini bosa oladi.

2. DANI SEBALOS

Tug'ilgan yili: 1996 yil 7 avgust
Poziciyasi: yarim himoyachi
Jamoasi: "Real"
Bu mavsum chempionatdagi natijalari: 11 o'yin, 2 gol

Sebalos Ispaniyaning 21 yoshgacha bo'lgan termasi tarkibida Evropa chempionligini qo'lga kiritdi. SHundan keyin u "Real"ga ko'chib o'tdi.

21 yoshli futbolchi qishdayoq "Liverpul" tarkibiga ko'chib o'tishi mumkin bo'lgandi. Biroq "Blankos" yarim himoyachini sotib yubormadi. U to'pni o'zida ushlab tura oladi va yaxshi fintlar qilishni uddalaydi. "Liverpul"ga esa shunday futbolchilar kerak.

Sebalos katta ehtimol bilan yozda "Real"ni tark etadi.

1. ALISSON

Tug'ilgan yili: 1992 yil 2 oktyabr
Poziciyasi: darvozabon
Jamoasi: "Roma"
Bu mavsum chempionatdagi natijalari: 35 o'yin

"Roma"ning birinchi va asosiy darvozaboni dahshatli mavsumni o'tkazmoqda.

U bu mavsumdagi 34 uchrashuvning 15tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. "Roma"da darvozabon bo'yicha muammo yo'q. Ammo "Liverpul"da darvozabon ancha vaqtdan buyon muammo bo'lib yuribdi.

"Liverpul" keyingi mavsumda ECHLda omadli qatnashishni istasa, top-darvozabon sotib olishi kerak. Alisson esa shunday posbon.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика