"Liverpul" yarim himoyachisi "Manchester Siti"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
09 apr 2018 20:59
Yangiliklar


"Liverpul" yarim himoyachisi "Manchester Siti"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
Yurgen Klopp asosiy o'yinchilaridan biri o'yinni o'tkazib yuborishini tasdiqladi.
Emre Jan mart oyining o'rtalarida jarohat olgan edi. Uning "Manchester Siti"ga qarshi bellashuvga tayyor bo'lishi taxmin qilingandi. Yakunda "qizillar"ning markazida muammolar paydo bo'lmoqda. Jamoa sardori Jordan Xenderson diskvalifikaciya sabab maydonga tushmaydi.
"U davolanishda davom etmoqda. Ehtimol, bu futbolchi maydonga qaytishi uchun eng yaxshi payt emas. U kutilganidan tezroq tuzalishiga umid qilamiz", - dedi Klopp.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar