"Liverpul" Xenderson bilan shartnomani uzaytirish arafasida
16 avg 2021 20:38
Yangiliklar
"Liverpul" Xenderson bilan shartnomani uzaytirish arafasida
Angliyaning "Liverpul" klubi ingliz yarim himoyachisi Jordan Xenderson bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi.
The Athletic jurnalisti Devid Ornstaynning yozishicha, tomonlar yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgan.
Yangi shartnoma 3 yilga mo'ljallangan bo'lib, o'tkazilgan o'yinlar soniga qarab yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.
Jordan 2011 yildan beri "qizillar" o'yinchisi hisoblanadi.
Xenderson o'tgan mavsum APL doirasidagi 21ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Fikrlar