"Liverpul" Veynaldumga yangi shartnoma taklif qildi
28 dek 2020 15:24
Yangiliklar


"Liverpul" Veynaldumga yangi shartnoma taklif qildi
"Liverpul" rahbariyati niderlandiyalik yarim himoyachi Jorjino Veynaldum bilan yangi mehnat shartnomasi imzolamoqchi.
Oldinroq tomonlar hamkorlikni uzaytirish borasida muzokaralar o'tkazishgan, ammo bitim imzolanmagan edi. Klub va o'yinchi o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Oldinroq Veynaldum bilan Kataloniyaning "Barselona" va Milanning "Inter" klublari shartnoma imzolashni xohlayotgani borasida xabarlar yangragan edi.
Jorjino Mersisayd klubida 2016 yildan beri o'ynaydi. U joriy mavsum APL doirasidagi 15ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
12:17
Arteta: "Chempionlik poygasidagi vaziyat 3 oy avval qanday bo'lsa, o'shandayligicha qolmoqda" 10

Fikrlar