"Liverpul" Veynaldumga A Seriyadan o'rinbosar topdi
06 may 2021 14:21
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/635479_original.jpg)
![](/upload/storage/635479_220.jpg)
"Liverpul" Veynaldumga A Seriyadan o'rinbosar topdi
"Roma" sardori Lorenco Pellegrini faoliyatini Angliya Premer-ligasi davom ettirishi mumkin.
24 yoshli yarim himoyachiga "Liverpul" qiziqish bildirmoqda. Mersisayd grandi Pellegriniga Jorjino Veynaldumning o'rinbosari sifatida qaramoqda. Niderlandiyalik xavbek shartnomasi yakuniga etgani sabab klubni tark etishi mumkin.
Lorenconing Rim klubi bilan tuzgan shartnomasi kelasi yilning yoziga qadar mo'ljallangan. SHartnomada o'yinchini 29 million evro evaziga xarid qilish huquqi yozilgan.
Pellegrini joriy mavsum A Seriya doirasidagi 31ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 6ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar