"Liverpul" Van Deyk borasida so'nggi qarorga keldi
12 mar 2019 21:17
Yangiliklar


"Liverpul" Van Deyk borasida so'nggi qarorga keldi
"Liverpul" rahbariyati himoyachi Virjil Van Deyk borasida so'nggi qarorga keldi.
"The Express" xabariga ko'ra, Mersisayd jamoasi 27 yoshli gollandiyalik bilan shartnomani uzaytiradi va maoshini oshiradi. Uning xizmatlariga "Barselona" va "Real" tomonidan jiddiy qiziqishlar bo'lmoqda.
"Qizillar" futbolchiga yiliga 12 million evro maosh to'lashga tayyor. Uning hozirgi shartnomasi 2023 yilda yakunlanadi.
Bu mavsumda Van Deyk "Liverpul" tarkibida 36 o'yinda qatnashdi va 3 gol urib, 2 golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar