"Liverpul" va "Yuventus" "Real" himoyachisi uchun kurashadi

Sherzod Nurmatov
24 mar 2021, 22:20
"Liverpul" hamda "Yuventus" "Real" himoyachisi Nacho Fernandesga qiziqish bildirmoqda, deb xabar berdi "AS".

Nashrning yozishicha, Angliya va Italiya klubi yozgi transferlar vaqtida ushbu futbolchini sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda. Futbolchini nisbatan arzonroq narxga sotib olish mumkin, chunki uning "Real" bilan shartnomasi bir yildan so'ng tugaydi. Shuningdek, Nachoga "Roma" tomonidan qiziqish bor.

31 yoshli Nacho ushbu mavsumda "Real" tarkibida barcha turnirlarda 20 ta o'yin o'tkazdi va 1 ta golli uzatma berdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS