"Liverpul" va "Real" sobiq ustozi Benites CHempionlar Ligasi finalidan nimalarni kutmoqda?
26 may 2022 22:54
Yangiliklar
"Liverpul" va "Real" sobiq ustozi Benites CHempionlar Ligasi finalidan nimalarni kutmoqda?
"Statistikaga qarasam, "Liverpul" favorit ekanligi ko'rinmoqda. Biroq bir o'ziga xoslik bor – ular finalda o'ynashga o'rganib qolgan "Real Madrid" bilan o'ynashadi.
"Liverpul" so'nggi yillarda to'pga egalik qilish foizini oshirdi, chunki ularda ajoyib o'yinchilar bor, jamoa ko'pincha o'yinni nazorat qiladi. "Madrid" Vinisius yoki Rodrigo bilan ko'proq qarshi hujumga o'tmoqda.
Klopp qoyilmaqom ish qilyapti, "Liverpul" ancha yaxshilandi. "Liverpul"ning zaif tomonlari kam. Ammo "Real Madrid" qanotda Vinisiusni ishga solishi orqali ustunlikka ega. Ishonchim komilki, Klopp ham, Anchelotti ham bu haqda biladi.
Men ikkala klubga ham bog'langanman. Kim yaxshiroq o'ynasa, o'sha yutadi. Takror aytaman – agar raqamlarga to'xtalsak, "Liverpul" biroz ustundek ko'rinmoqda.
Lekin finaldagi "Real" – bu haqiqiy "Real". Qolaversa, ular ko'proq dam olishdi, bu ularning ustun tomoni", – dedi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, final bellashuvi 28 may kuni Parijda o'tkaziladi.
Fikrlar