
Xabarlarga ko'ra, futbolchiga "Liverpul" va "Arsenal" qiziqib qolgan. Ikkala jamoa Milnerning yangi shartnoma bo'yicha "shaharliklar" bilan muzokarasi cho'zilib ketganidan foydalanib qolmoqchi. Tomonlar kelisha olishmayapti. Futbolchining klub bilan amaldagi bitimi yozda o'z nihoyasiga etadi, shu sababli Milner iyunda boshqa jamoaga erkin agent sifatida o'tishi mumkin.