

"Fenerbaxche" va "Liverpul" sobiq himoyachisi Martin Shkrtel faoliyatini "Atalanta"da davom ettirishi mumkin.
Slovakiyalik o'yinchi hozirda erkin agent maqomida yuribdi. Shkrtel o'z kuchini A Seriyada va Chempionlar Ligasida sinab ko'rishga qarshi emas.
34 yoshli futbolchi faoliyati davomida "Fenerbaxche" va "Liverpul"dan tashqari "Trenchin" va "Zenit" klublarida o'ynagan.
U 2004 yildan beri Slovakiya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.




