"Liverpul" SHakirini Rimga qo'yib yubormadi
14 jan 2020 13:41
Yangiliklar
"Liverpul" SHakirini Rimga qo'yib yubormadi
"Roma" "Liverpul" xavbeki Jerdan SHakirini ijaraga olishni xohlagan edi.
Ammo, Mersisayd klubi bu taklifga rad javobini berdi. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano xabar bermoqda.
Rim klubi "Inter"ga qarshi o'yinda jarohat olgan Nikolo Zanoloni o'rniga shveycariyalik futbolchini tarkibga jalb qilmoqchi edi.
Zanolo jarohati tufayli 5-6 oy maydonga tusha olmaydi. "Roma" shuningdek Suso ("Milan") va Matteo Politano ("Inter")larga qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar