"Liverpul" SHakirini 15 mln evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor
05 avg 2021 17:16
Yangiliklar
"Liverpul" SHakirini 15 mln evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor
"Liverpul" vinger Jerdan SHakiriga ushbu transfer oynasida tekinga ketishga yo'l qo'ymaydi.
Mersisaydliklar futbolchi bilan shartnomani bekor qilishga yoki uni ijaraga berishga tayyor emaslar. "Sevilya", "Vilyarreal" va "Napoli" shveycariyalikka qiziqish bildirishgandi.
"Liverpul" "qizillar" bilan shartnomasi tugashiga ikki yil qolgan o'yinchi uchun 15 million evro atrofida so'ramoqda.
Futbolchi o'tgan mavsum APL doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.
Fikrlar