"Liverpul" qoyilmaqom natija qayd etyapti!
01 noy 2020 01:30
Yangiliklar
"Liverpul" qoyilmaqom natija qayd etyapti!
31 oktyabr kuni "Liverpul" "Enfild Roud"da "Vest Xem"ni mag'lub qildi (APL, 7-tur).
Natijada, "qizillar" "Enfild"da o'tkazilgan APL doirasidagi o'yinlarning qatorasiga 63-sida ham mag'lub bo'lmadi va 1978-1980 yillarda o'rnatilgan klub rekordini takrorladi.
Mag'lubiyatsiz seriya 2017 yilning aprelida boshlangan edi. "Liverpul" "Enfild Roud"da so'nggi bor "Kristal Pelas"ga yutqazgan (1:2)
Angliya chempionati doirasidagi uy uchrashuvlarida eng uzoq davom etgan mag'lubiyatsiz seriya "CHelsi"ga tegishli ("Liverpul"ning natijasi 2-o'rinda). "Aristokratlar" 2004-2008 yillarda "Stemford Bridj"da o'tkazilgan qatorasiga 86 o'yinda mag'lub bo'lishmagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar