Liverpul Pastoreni kuzatmoqda

Aziz Tukhtamuradov
2 may 2016, 20:30
Liverpul PSJ futbolchisi Xaver Pastoreni o'z safiga qo'shib olishi mumkin.


Ma'lumotlarga qaraganda, "qizillar"ning asosiy skautlaridan biri hisoblanadigan Kevin Xant 26 yoshli futbolchining "Renn"ga qarshi o'yindagi harakatlarini kuzatish uchun Fransiyaga tashrif buyurgan.

Avvalroq, Pastorening o'zi ham PSJdan ketmoqchi ekanligini ma'lum qilgandi.

Unga shuningdek, "Yuventus" tomonidan ham qiziqish bildirilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Goal.com