“Liverpul” nima uchun Kulibali transferidan voz kechganligi malum bo'ldi
30 iyu 2020 09:51
Yangiliklar


“Liverpul” nima uchun Kulibali transferidan voz kechganligi malum bo'ldi
Kalidu Kulibali Mersisayd klubiga o'tmaydi.
“Liverpul” “Napoli” himoyachisi Kalidu Kulibalini sotib olishga jiddiy qiziqib kelayotgandi. Malum bo'lishicha, neapolliklar Kalidu uchun 65 mln evro so'ragan. “Liverpul” esa bu mablag' haddan ortiq ko'p deb hisoblab, ushbu transferdan voz kechib qo'ya qolgan.
28 yoshli himoyachi joriy mavsum “Napoli” safida jami 22 ta o'yin o'tkazdi. Bitta qizil va beshta sariq kartochka bilan siylangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar