"Liverpul" muxlislari uchun noxush xabar
25 jan 2020 12:59
Yangiliklar


"Liverpul" muxlislari uchun noxush xabar
"Liverpul" vingeri Sadio Mane jarohat sabab haftani o'tkazib yuborishi mumkin.
Bu haqda "Liverpool Echo" nashri xabar berdi.
Eslatib o'tamiz, senegallik futbolchi APL-turi doirasida "Vulverxempton"ga qarshi bahs (2:1)da sonining orqa paylarini shikastlab olgan edi. Mane 33-daqiqada maydonni tark etgan va uning o'rniga Takumi Minamino tushgandi.
Bunday holatda Sadio Premer-liga doirasida "Vest Xem" (29 yanvar) va "Sautgempton" (1 fevral)ga qarshi bellashuvlarda "qizillar"ga yordam bera olmaydi. SHuningdek, u ECHL 1/8 final birinchi o'yinida "Atletiko"ga qarshi uchrashuvgacha ham tiklanishga ulgurmasligi mumkin. Ushbu to'qnashuv 18 fevralda tashkillashtiriladi.
Eslatib o'tamiz, Mane joriy mavsum APLda 11ta gol urgan va 6ta golli pas bergan.
Angliya Premer-ligasi turnir jadvali >>>>> APL
O’xshash yangiliklar

Fikrlar