So’nggi yangiliklar

10:45“Манчестер Сити“ АПЛдан яна бир ҳимоячи сотиб олмоқчи  0 10:18Лука Модрич фаолиятини қаерда давом эттириши мумкинлиги маълум  0 09:50Клаудио Раньери “Рома“да қолади, бироқ бошқа лавозимда  2 09:23"Ал Ҳилол" Бруну Фернандешга ўйлаш учун 72 соат берди. Саудияликлар футболчига қанча ойлик бериши маълум  3 08:54Вирц “Ливерпул“га ўтиб, тарихдаги учинчи энг қиммат трансферга айланади  5 08:26Конте тарихий натижани қайд этди  12 07:55А Сериянинг энг яхши футболчиси аниқланди  5 07:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  2 07:20Озарбайжон. "Сумқайит" мавсумни йирик ғалаба билан якунлади, Жалолиддиновдан иккита, Абдихолиқовдан битта ассист  0 01:53Суперлига. "Насаф" - ОКМК 2:1  2 01:48Мактомини ва Лукаку "Наполи"ни чемпионга айлантирди!  25 01:16"Бавария" "Брайтон" ва "Милан" юлдузларига кўз тиккан  0 00:43"Sky Sports" АПЛда мавсумнинг энг яхшиларини аниқлади  9 00:21Миржалол Қосимов: "Ютсак ҳаммамиз зўрмиз, ютқазсак барчамиз айбдормиз"  4 23:52Максим Шацких: "Суперкубок финалига яхши кайфиятда борадиган бўлдик. Танаффусда ўйинни ўзгартириб юборишга келишиб олдик, акс ҳолда "Ультрас" бизни кечирмас эди"  10

APL. "Liverpul" "Manchester Siti"ni mag'lubiyatga uchratdi va taqibchilaridan ancha ilgarilab ketdi Yangiliklar

APL. "Liverpul" "Manchester Siti"ni mag'lubiyatga uchratdi va taqibchilaridan ancha ilgarilab ketdi

Angliya Premer-ligasi 12-tur doirasidagi "Liverpul" va "Manchester Siti" jamoalari o'rtasidagi o'yin yakunlandi.

"Liverpul" - "Manchester Siti" 3:1

Gollar: Fabino (6), Muhammad Salah (13), Sadio Mane (51).

"Enfild"

"Liverpul": Alisson Beker, Virjil van Deyk, Trent Aleksander-Arnold, Deyan Lovren, Endryu Robertson, Fabino, Jordan Xenderson (Jeyms Milner), Jorjino Veynaldum, Sadio Mane, Muhammad Salah (Jo Gomez), Roberto Firmino (Aleks Oksleyd-CHemberlen).

"Manchester Siti": Klaudio Bravo, Anxelino, Kayl Uoker, Jon Stounz, Fernandino, Rodri Ernandes, Ilkay Gyundogan, Bernardu Silva, Kevin de Bryuyne, Rahim Sterling, Serxio Aguero (Gabriel Jezus).


Liverpool

Fabinho - 6', Mohamed Salah - 13', Sadio Mane - 51'

Premier League . 12-tur

10/11/2019, 21:30

1
:
3
Tugadi

Manchester City

Bernardo Silva - 78'

Stadion: Anfield, 53324 tomoshabin

Bosh hakam: Michael Oliver

45'
90'
6'  Fabinho
13'  Mohamed Salah
13'  Andrew Robertson
51'  Sadio Mane
51'  Jordan Henderson
61'  Jordan Henderson (James Milner)
79'  Roberto Firmino (Alex Oxlade-Chamberlain)
87'  Mohamed Salah (Joseph Gomez)
65'  Rodri
71'  Sergio Aguero (Gabriel Jesus)
78'  Bernardo Silva
90'  Gabriel Jesus


O'YIN YAKUNLANDI.

90+2"Siti" so'nggi daqiqalarda ham hujumga o'tmoqda, ammo hisobni tenglashtirish uchun vaqt juda ham kam.

90. Ikkinchi bo'limga bosh hakam Maykl Oliver tomonidan 4 daqiqa qo'shib berildi.

87. Klopp himoyaga urg'u bermoqda. Jo Gomez Muhammad Salahni almashtirdi.

86. "Siti" o'yin so'nggida to'liq tashabbusni qo'lga olgan va raqib darvozasi tomon "hujumlar yomg'irini" uyushtirmoqda.

83. To'p jarima maydonchasi ichida Aleksandr-Arnoldning qo'liga tegdi. Ammo, hakam negadir penalti belgilamadi.

82. Ha aytganday goldan so'ng o'yinga Oksleyd-CHemberlen tushirildi. U Firminoni almashtirdi.

80. Uxxxxx! Sterling sherigi bilan ajoyib tarzda o'ynadi va Alisson bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqib bordi. Ammo, bu vaziyatda angliyalik futbolchidan omad yuz o'girdi.

78. GOOOOOOOOOL!!! Anxelinoning faolligi ostida o'tgan hujumda oxir-oqibat Bernardu Silva Alisson darvozasini ishg'ol qildi.

77. Ha, "Manchester Siti" buyog'iga kambek qila olmasligi oydinlashmoqda. Ustiga-ustak "shaharliklar"ning o'yinlari umuman qovushmayapti.

71. Pep Agueroning o'rniga Jezusni maydonga tushirdi.

68. "Siti"ning navbatdagi hujumida yana Aguero to'pga ulgurmadi. Uning ozgina oyoq tegishi ham to'pni darvoza to'riga joylashishiga sabab bo'lar edi.

65. Rodriga sariq kartochka. U Sterlingga qarshi ishlatilgan qo'pollikdan so'ng penalti borligi borasida hakamga etiroz bildirdi.

61. Klopp Jeyms Milnerni maydoncha tushirdi. U Jordan Xendersonni almashtirdi.

59. "Siti" hujumga zo'r bermoqda, ammo endi vaziyatni o'nglash juda ham qiyin.

54. Xavfli! Sterling raqib futbolchilarini aldab darvoza tomon aniq zarba berdi, ammo to'pga Deyan Lovren to'g'anoq bo'ldi.

51. GOOOOOOOOOOLL!!! Jarima maydonchasi ichiga tashlab berilgan to'pni Mane boshi bilan darvozaga aniq yo'lladi. Bravo bu erda xato qildi.

50. Kutilganidek "shaharliklar" ikkinchi bo'limni hujumkorlik bilan boshlashdi.

49. Angliya Premer-ligasining onlayn jadvaliga qaraydigan bo'lsak "Manchester Siti"ning 4-o'ringa tushib ketganini ko'rishimiz mumkin. Peshqadam "Liverpul" bilan oradagi farq 9 ochkoni tashkil etmoqda. 2-o'rinda "Lester", 3-o'rinda esa "CHelsi" joylashgan.

46. Ikkinchi bo'limga start beruvchi hushtak chalindi.

TANAFFUS

45. Birinchi bo'limga hakam tomonidan 2 daqiqa qo'shib berildi.

45. Bravo yana katta sahnaga chiqdi. U Salahning jarima maydonchasi tashqarisidan bergan ajoyib zarbasini bartaraf etdi.

43. Salahda hammasi joyida va u o'yinni davom ettirmoqda.

42. Kevin De Bryuynening ajoyib pasidan so'ng Aguero to'pni egallab olib oldinga bordi va raqib darvozasini nishonga oldi. Biroz noaniq.

41. Salah jarohat olganga o'xshaydi. SHifokorlar maydonda unga tibbiy yordam ko'rsatishmoqda.

38. Bravo Firminoning jarima maydonchasi ichidan bergan zarbasini ajoyib tarzda qaytardi. Hisob yiriklashishi mumkin edi.

36. Hozircha "Siti"ning hujumlari o'xshamayapti. Ammo, "shaharliklar" 2ta goldan so'ng ham o'zlarini yo'qotib qo'ymagan holda oldinga tashlanishmoqda.

- Bu esa Salah gol urgan vaziyat.

29. Xavfli vaziyat! Anxelinoning yaqin masofadan bergan zarbasi darvoza to'siniga tegib maydondan chiqib ketdi.

29. To'pga egalik qilish bo'yicha kichik ustunlik mezbonlarda: 53%-47%

25. Serxio Agueroning jarima maydonchasi ichida bir futbolchini aldagan holda bergan zarbasini Alisson qiyinchilik bilan bartaraf etdi.

23. Hozirgi daqiqalarga kelib maydon egalari ustunlikni o'z qo'llariga olishgan. "Liverpul" ko'proq pozicion hujumlarga urg'u bermoqda.

- Bu esa Fabinoning uzoq masofadan urgan ajoyib goli!

17. "Liverpul"da statistika shunchaki ajoyib: 2ta zarba - 2ta gol (!)

13. GOOOOOOOOOOOOOOL!!!! Jarima maydonchasi ichiga oshirilgan to'pni Muhammad Salah boshi bilan darvozaga kiritdi. 2:0!

9. Uxxxx! "Siti" hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Jarima maydonchasi ichiga oshirilgan to'pni Sterling Alisson darvozasiga yo'naltirdi. Biroz noaniq.

6. GOOOOOOOOOOL!!! Fabino jarima maydonchasi tashqarisidan ajoyib zarbasi bilan to'pni Bravo darvozasiga joylab qo'ydi.

5. Hozircha "Liverpul" faqat himoyalanmoqda. "SHaharliklar" mezbonlarga yuqori temp taklif qilmoqda.

3. Ilk daqiqalardanoq "Manchester Siti" to'pga egalik qilmoqda va hujumga o'tishga harakat qilmoqda.

1. O'yin boshlandi!

- Assalomu alaykum "Championat.asia" kuzatuvchilari. Birozdan so'ng APLning hozirgi kundagi eng katta to'qnashuviga guvoh bo'lamiz va bu o'yinni siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.

Reyting: +51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика