"Liverpul" Konatega o'rinbosar tanladi
06 apr 2025 11:54
Yangiliklar
"Liverpul" Konatega o'rinbosar tanladi
"Liverpul" PSJ qiziqish bildirayotgan 25 yoshli himoyachi Ibraima Konatening ketish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Shu munosabat bilan mersisaydliklar uning o'rniga "Braga" himoyachisi Siki Nyakateni nomzod sifatida ko'rib chiqmoqda.
Manbaga ko'ra, Nyakatening shartnomasida uning tovon puli 30 million evro etib belgilangan. Qayd etilishicha, qishda "Braga" himoyachisiga "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" qiziqish bildirgan.
Nyakate joriy mavsum barcha musobaqalarda 31ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urgan va 1ta golga hammualliflik qilgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar imzolangan. Transfermarkt malumotlariga ko'ra, futbolchining bozor narxi 6 million evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar